Samarqand Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 e-sport bo‘yicha O‘zbekiston chempionatini qabul qiladi

2013 yil 16 avgust, Samarqand va Jizzax. 17-18 avgust kunlari Samarqandda Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 e-sport bo‘yicha O‘zbekiston chempioantining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda Jizzax va Samarqand viloyatlaridan bo‘lgan geymerlar ishtirok etishlari mumkin.

“2004 yildan boshlab biz Samarqandda muntazam ravishda UCG saralash turnirlarini o‘tkazib kelmoqdamiz, – deydi Chempionat tashkiliy qo‘mitasining rahbari Aleksandr Suchkov. – Keyingi ikki davomida “Kelajak ovozi” YOTM va “Bilayn” ishtirokida turnirlar yanada ommalviylashib, sifatli o‘tmoqda. Samarqand geymerlari oldingi yillardan chempionat sovrindorlari qatoriga kirgan va men ishonman-ki, ular bu safar ham o‘zlarining yuqori darajasini tasdiqlaydilar”.

17 avgustda Samarqanddagi Discovery klubida DotA AllStars 5×5 jamoa o‘yini bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tadi. 18 avgustda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi Akademik litseyda FIFA 13 o‘yini bo‘yicha turnir o‘ynaladi, shuningdek g‘olibalrni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Mazkur voqeani sharhalr ekan, Unitelning Markaziy hududiy filiali direktori Dilshod Anarmetov shunday dedi: “Biz bu kabi keng ko‘lamli UCG turnirini o‘tkazishga ko‘maklashayotganimizdan mamnunmiz, chunki “Bilayn” hududni internetlashtirishga jiddiy hissa qo‘shmoqda. Bu o‘z navbatida e-sportni rivojlanishiga ko‘maklashmoqda. Ishonchim komil, Jizzax va Samarqanddan bo‘lgan geymerlar adolatli kurashda eng kuchlilarni aniqlaydilar va musobaqalarning yakuniy qismida poytaxtda ikkala viloyatning eng yaxshi vakillari ishtirok etadi”.

Eslatib o‘tamiz, “Kelajak ovozi” Yoshlar tashabbuslari markazi va infoCOM.UZ jurnali, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games 2013 kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatini o‘tkazishmoqda. “Bilayn” birinchilikning Bosh homiysi bo‘ldi. Chempionatning hududiy saralash turnirlari Buxoro, Urganch, Samarqand, Qarshi, Farg‘ona va Toshkentda o‘tkazilmoqda.

FIFA 13 sport simulyatori bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 O‘zbekiston chempionatining g‘olibi joriy yil noyabrda Kunshan (Xitoy) da bo‘lib o‘tadigan WCG 2013 Jahon chempionatining Grand-finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Chempionat to‘g‘risida batafsil ma’lumot www.infocom.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system