“Bilayn” cheklanmagan tungi Internet xizmati muddatini uzaytiradi
15.08.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) mobil Internet foydalanuvchilari uchun Do It xizmatining 8 sentabrga qadar uzaytirilganligi haqida xabar beradi. Endilikda kompaniya abonentlari kuniga atigi $3 evaziga 01:00 dan 09:00 ga qadar cheklanmagan Internetdan foydalanish kabi noyob ikoniyatdan yanada ko‘proq huzurlanishlari mumkin.

“Do It xizmati muddatining uzaytirilishi – bu abonentlarimizga bo‘lgan yana bir yozgi sovg‘a, — deydi Unitelning tijorat direktori Dmitriy Grigorev. – “Bilayn”ning yuz minglab mijozlari ushbu servis afzalliklarini baholab bo‘lishgan va ko‘plarga u ma’qul kelgan, buning ustiga to‘lov faqatgina foydalnish kunida amalga oshirilishi lozim”.

Do It xizmatiga ulanish uchun *100500# bepul kodni terishning o‘zi kifoya.

Xizmat Status va Zo‘r-Zo‘r Megabit tarif seriyalaridan tashqari oldindan to‘lov tizimining barcha abonentlari uchun amal qiladi.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq