Milliy UZ domeni 2013 internet-festivali boshlanadi

13-аvgust kuni Aloqa tarixi muzeyida O‘zbekistonda UZ Milliy domeni 2013 internet-fectivali tashkilotchilari tomonidan bu yilgi internet-fectivali boshlanishini e’lon qilinishiga bag‘ishlangan matbuot-anjumani o‘tkazildi.

if_13_08_2013

Internet-festivali mamlakatimizda 2001-yildan boshlab o‘tkazilib kelinmoqda. Internet tarmog‘ida o‘z segmentimiz resurslarini rivojlantirish maqsadida 2007-yildan boshlab, UZ Milliy domeni Internet-festivali o‘tkazilib kelinmoqda.

if_13_08_2013_1

13-avgustdan O‘zbekistonda UZ Milliy domeni 2013 internet-fectivali start oladi. Har bir xohlagan sayt egasi festivalning rasmiy sayti – www.if.uzda ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etishi mumkin. Tanlovda festival o‘tkazilishi davomida amal qilgan va UZ domenida ro‘yxatdan o‘tkazilgan saytlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etishga taqdim etish hakamlar hay’ati a’zolari, sayt egalari, har bir xohlagan kishi tomonidan festivalning rasmiy — www.if.uz saytida taqdim etilgan ro‘yxatga olish shakli asosida amalga oshiriladi

Ishtirok etish uchun ariza berish muddati 2013-yil 13-avgust kunidan 10-sentyabrgacha bo‘lgan vaqtni tashkil etadi.

if_13_08_2013_2

Internet-fectivali tashkilotchilari: «O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi» jamg‘armasi, «Кelajak ovozi» tashabbuskor yoshlar markazi, UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazidir. infoCOM.UZ jurnali festival koordinatori sifatida ishtirok etadi.

if_13_08_2013_3

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi festivalni rasmiy qo‘llab-quvvatlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasidir.

Qiskacha statistikаgа murojaat etsak. Milliy UZ ikkinchi darajali domeni 1995-yil 29 aprel kuni tashkil etilgan. 2013-yil 12-avgust holatiga ko‘ra, UZ zonasida faqatgina faol ikkinchi darajali domenlar soni 16 733 dan ortiqni tashkil etdi. UZ domeniga taalluqli yana bir necha ming uchinchi darajali domenlar ham mavjud.

Bu yil festival 13-avgust kunidan 23-sentabrga qadar o‘tkaziladi. Festival natijalari InfoCOM 2013 Axborot texnologiyalari haftaligining birinchi kuni – 23g‘sentabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston Yoshlar Ijod Saroyida e’lon qilinadi.

Festivalning asosiy maqsad va vazifalari o‘tgan yillardagi kabi O‘zbekiston aholisi o‘rtasida Internet tarmog‘ini ommaviylashtirish, internet tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirishda yordam ko‘rsatish, Internet tarmog‘ida o‘zbek tili qo‘llanilishi doirasini kengaytirishdan iborat.

Tanlov ishtirokchilari saytlarini baholash uchun internet-texnologiyalar, san’at, madaniyat, davlat boshqaruvi va boshqa sohalarning yetakchi mutaxassislaridan hakamlar hay’ati tashkil etiladi.

Bu yilgi festival tanlov dasturi 10ta mavzuli va 2ta maxsus nominatsiyani o‘z ichiga oladi. Tanlov dasturiga internet festivalda 10ta yo‘nalishda ishtirok etayotgan har bir saytgа WWW.UZ milliy qidiruv tizimining maxsus ajratilgan sovrinlari kiritilgan. Belgilangan muddatda internet-festivalning ishtirokchilari orasida, har bir mavzuli nominatsiyasi bo‘yicha eng ko‘p xost to‘plagan, 10ta sayt g‘olib sanaladi, shuningdek, Festivalning beshta laureatiga faxriy laureat Diplomi beriladi.

Bu yilgi fectival tanlovi dasturining o‘tgan yildagilardan asosiy farqi: davlat interaktiv xizmatlarini ko‘rsatishga yo‘naltirilgan tematik nominatsiyalarni baholash, shuningdek, «Tarmok servislari sohasida eng yaxshi sayt» toifasiga kiruvchi maxsus mavzuli «Elektron tijorat» kichik nominatsiyasining kiritilganligidadir.

Har bir nominatsiyada birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar berilib, diplom va festival sovrinlari taqdim etiladi. Hakamlar hay’atining qarori bo‘yicha alohida nominatsiyalarda mukofotlar umuman yoki o‘rinlardan biri uchun taqdim etilmasligi mumkin. Festival sovrinlari va diplomlari sayt egasiga yoki uning vakiliga topshiriladi. Festival g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi 23 sentabr kuni Toshkent shaxrida O‘zbekiston Yoshlar Ijod Saroyida o‘tkaziladi.

Festivalni o‘tkazish bo‘yicha barcha savollar bilan www.if.uz festival saytiga yoki: editor@infocom.uz e-mailiga murojaat etish mumkin.

Orphus system