“Bilayn” hisob har 5000 so‘mga to‘ldirilganida 500 SMS sovg‘a qiladi

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) “Bonus 500 SMS”» aksiyasi boshlanganligi haqida xabar beradi. 30 noyabrga qadar hisob 5000 so‘mdan boshlangan miqdorda bir martalik to‘lov bilan to‘ldirilganida, kompaniya abonentlariga sovg‘a tariqasida 500 mahalliy SMS taqdim etiladi.

beeline_13_08_2013

“Yoshlar uchun yangi aksiyani boshlab, faol muloqot mavsumini davom ettirmoqdamiz, – voqeani sharhlaydi Unitelning Tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – Ishonaman-ki, ushbu sovg‘a abonentlarimizning ko‘nglidagi ish bo‘ladi, bundan tashqari aksiyaga ulanish juda oddiy”.

Bonusli SMSlarning amal qilish muddati – 3 kun. Aksiyada ishtirok etish uchun *110*123# ni terishning o‘zi kifoya. Bepul SMS qoldig‘ini *105# USSD-komandasi yordamida nazorat qilish mumkin.

Aksiya Zo‘r-Zo‘r, Zo‘r-Zo‘r MegaBit, «Allo», «O», «Qo‘shnilar», «Qo‘shnilar +» tarif rejalari, shuningdek «Klik» tariflari seriyasida amal qiladi.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system