FIFA.uz loyihasida ishtirok etayotgan “Bilayn” abonentlari Yevropaga sevimli jamoasining o‘yiniga borishlari mumkin

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) yangi FIFA.uz virtual futbol loyihasi haqida xabar qiladi. Unda Yevropada o‘tkaziladigan sevimli jamoa o‘yiniga bo‘lgan uchta safarning birini yutib olish mumkin.

beeline_12_08_2013

Buning uchun www.fifa.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish, barcha beshta Yevropa turnirlarida (Angliya, Germaniya, Ispaniya, Italiya va Fransiya) virtual futbol jamoalirini tuzish va boshqa foydalanuvchilar bilan butun 2013/2014 futbol mavsumida musobaqalashib, har bir Yevropa chempionatida imkon qadar ko‘proq ochko to‘plash lozim.

Beshta Yevropa turnirida barcha o‘z jamoalarining ochkolarining umumiy miqdori bo‘yicha birinchi uchta o‘rinni egallagan uchta foydalanuvchi Yevropaga uchta chiptani qo‘lga kiritadi. G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2013/2014 futbol mavsumining yakunidan so‘ng o‘tkaziladi. Uchta sovrinli safarning har biriga quyidagilar kiritilgan: futbol o‘yiniga chipta, ikki tomonga aviaparvoz va mehmonxonada yashash.

O‘yin bepul, biroq unda pullik servis mavjud bo‘lib, uning yordamida istalgan o‘yinchi jamoasini o‘yinchilarning qo‘shimcha transferlari bilan kuchaytirishi mumkin. Buning uchun o‘z o‘yin balansini to‘ldirgan holda, 4446 qisqa raqamiga SMS jo‘natish lozim.

SMS bahosi – QQS bilan $1,19. Aksiya 9 avgustda boshlangan. Batafsil ma’lumot www.fifa.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system