Urganch Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 e-sport bo‘yicha O‘zbekiston Chempionati hududiy saralash turnirlarining estfetasini qabul qilmoqda
08.08.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

10-11 avgust kunlari Urganchda e-sport bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari tarixida ilk bor Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games 2013 hududiy saralash turnirlari bo‘lib o‘tadi. Tadbir tashkilotchilari “Kelajak ovozi” Yoshlar tashabbuslari markazi va infoCOM.UZ jurnali, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi. “Bilayn” birinchilikning Bosh homiysi bo‘ldi.

“Urganchdagi turnir butun mamlakat bo‘ylab e-sportning to‘la rivojlanishi uchun yana bir qadamga aylanadi. Joriy yil bahorida “Biz – yagona jamoa, biz – yagona oila” yoshlar aksiyasi doirasida biz “Kelajak Ovozi” YOTM bilan hamkorlikda ushbu shaharda virtual futbol bo‘yicha blits-turnir o‘tkazib bo‘lganmiz”, – deydi Chempionat Tashkiliy qo‘mitasining rahbari Aleksandr Suchkov.

Musobaqalarda Xorazm va Qoraqalpog‘istondan bo‘lgan e-sportchilar ishtirok eta oladilar. 10 avgust kuni Urganchdagi “Sunami” klubida DotA All Stars jamoa o‘yini bo‘yicha turnir, 11 avgustda “Xorazm Palas” mehmonxonasining majlislar zalida FIFA13 o‘yini bo‘ychia turnir hamda g‘oliblar taqdirlash marosimi o‘kaziladi.

“G‘arbiyfilial – “Bilayn” hududiy bo‘yicha internetlashtirish va kompyuterlashtirish jarayonini davom ettirish uchun yuqori salohiyatga ega eng yirik klaster, – qayd qildi Unitelning G‘arbiy hududiy filiali direktori Refat Nizamutdinov. – Ishonaman-ki, bunda e-sportning o‘rni bebaho vaZo‘r-Zo‘r UCG 2013 yoshlarimizni yangi muvaffaqiyatlarga erishish yo‘lida ilhom baxsh etadi”.

Chempionatning hududiy saralash turnirlari Buxoro, Urganch, Samarqand, Qarshi, Farg‘ona va Toshkentda o‘tkazilmoqda. FIFA 13 sport simulyatori bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 O‘zbekiston chempionatining g‘olibi joriy yil noyabrda Kunshan (Xitoy) da bo‘lib o‘tadigan WCG 2013 Jahon chempionatining Grand-finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Oxirgi ikki yil davomida “Kelajak Ovozi” YOTM va “Bilayn” ko‘magi ostida mamlakatimizda e-sport yanada rivojlanib, xalqaro arenada jiddiy sakrashga erishdi. Janubiy Koreyada Osiyo Olimpiya kengashi homiyligi ostida o‘tkazilgan AIMAG 2013 IV Osiyo o‘yinlarida, e-sport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritib, ikkinchi umumjamoa o‘rinni egalladi. Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 chempionatining bosh hakami — AIMAG 2013 Osiyo o‘yinlari chempioni Pavel Saprikin.

Chempionat haqida batafsil ma’lumot www.infocom.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq