“Bilayn”ning poytaxtdagi ofislari endilikda yakshanba kunlari ham ishlaydi

beeline_8_08_2013

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn”ning (Unitel MCHJ va Buzton QK) Toshkentdagi savdo va xizmat ko‘rsatish ofislari yakshanba kunlari ham ishlaydi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar izmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Servis xizmatlari – “Bilayn” faoliyatidagi eng asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi va bizning front-ofislarimiz ushbu strategiyaga to‘la mos keladi. Biz abonentlarning hatto ish kunlaridagi bandliklarini hisobga olgan holda ham o‘z masalalarini kompaniya salonlarida hal etish uchun qulaylik yaratish tarafdorlarimiz”.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyidan “Bilayn”ning poytaxtdagi ofislari uzaytirilgan ish tartibiga o‘tkazilgan – dushanbadan shanbaga qadar 08:00 dan 20:00 gacha. Toshkentdagi shaxsiy ofislarning yangi ish tartibi doimiy ravishda kiritilgan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system