“Bilayn” apreldan iyunga qadar tarmoqni rivojlantirish uchun qo‘shimcha $35 000 000 yo‘naltirdi

2013 yilning II choragi yakunlariga ko‘ra, “Bilayn”ning O‘zbekistondagi abonentlarining soni o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 45% o‘sib, 10 202 000 kishini tashkil qildi. Uch oy mobaynida kompaniyaning kapital xarajatlari 35 million AQSH dollarini tashkil qildi.

2013 yil 7 avgust kuni eng yirik telekommunikatsiya xizmatlarining xalqaro provayderlaridan biri Vimpelcom Ltd (“Bilayn” savdo belgisi) II chorak uchun o‘zining moliyaviy va operatsion natijalarini e’lon qildi.

O‘zbekiston bozorida yetakchilik qilayotgan kompaniyaning sof operatsion daromadi chorak mobaynida 6,4% o‘sib, 167 mln AQSH dollarini tashkil qildi. Bunda 2012 yilning analogik shu davriga nisbatan daromadning o‘sishi – qariyb 88% (89 mln dollardan). O‘zbekistonda yil davomida EBITDA ko‘rsatkichi (asosiy vositalarning ishdan chiqishi, nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi va aktivlarning qadrsizlanishi bilan bog‘liq zararlarni ayirib tashlashgacha bo‘lgan operatsion foyda) O‘zbekistonda yil davomida 140% o‘sdi ($45 mln dan $108 mln gacha). Bunda operatsiyalarning marjinalligi 14,1 foizlik punktga oshdi.

“Bilayn” mobil aloqasining O‘zbekistondagi abonentlarining soni ikkinchi chorak yakunlai bo‘yicha 10 202 000 kishini tashkil qildi. Shunday qilib, yil davomida abonentlik shartnomalirining o‘sish ko‘rsatkichi qariyb 3 171 000 ni tashkil qildi (+45%). Bir oyda bitta mobil aloqasi abonentiga bo‘lgan o‘rtacha hisob (ARPU ko‘rsatkichi) chorakdan chorakka qadar 0,3% o‘sdi. MOU ko‘rsatkichi (bir oyda bitta abonent tomonidan foydalanilgan daqiqalar ko‘rsatkichi) – yanvar-martdagi 425 daqiqaga nisbatan nisbatan 472 daqiqa.

Vimpelcom Ltd ning ikkinchi chorakdagi birlashtirilgan daromadi 5,7 milliard AQSH dollariga qadar oshdi. EBITDA ko‘rsatkichi 2,4 milliard AQSH dollari darjasida belgilandi, EBITDA birlashtirilgan marjasi esa 42,4% ni tashkil qildi.

“E’lon qilingan hisobotdan kelib chiqadigan bo‘lsak, ikkinchi chorakda abonentlar faolligi darajasi jiddiy oshgan: xususan, MOU 11% o‘sgan. O‘rtacha hisob ancha past o‘zgarganini hisobga olib, “Bilayn” xizmatlari bahosining umumiy pasayishi munosabati bilan aloqa sifati o‘sgan, degan xulosaga kelish mumkin. Bu uskuna va aloqa kanallari, shuningdek kompaniyaning yangi foydali takliflariga yo‘naltirilgan qo‘shimcha investitsiyalar tufayli amalga oshdi. Uchinchi chorakda butun O‘zbekiston bo‘ylab yangi asosiy stansiyalarni o‘rnatish hamda ishga tushirish jarayonini davom ettiraveramiz” — chorak yakunlarini sharhladi Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system