АKT va ta’lim metodlari haqida mulohazalar

akt_7_08_2013

Keyingi vaqtlarda ta’limda axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, berilayotgan materiallarni multimediyali dasturlar bilan boyitish o‘quvchilar bilim doirasini kengaytirib, dars samaradorligini oshirishi borasida ko‘plab fikrlar bildirilmoqda.

Hattoki boshlang‘ich sinflardan boshlab AKT vositalari va imkoniyatlaridan foydalanib, saboq berila boshlanganligi o‘qituvchi va o‘quvchilarning darsga munosabatlari o‘zgarishi omili ekanligi amalda o‘z isbotini topmoqda. Biroq shu o‘zgarishlar bilan birga, dars o‘tishda ta’lim metodlari ham o‘zgarishi kerakmi – degan savol ham dolzarblashadi.

Zamonaviy umumta’lim maktablari ta’limida ta’lim metodlarini o‘zgartirish haqida ko‘p fikrlarni eshitamiz. Ko‘pchilik o‘qituvchilar davr talabiga mos holda ta’lim metodlari, shakllari ham va darslarning mazmuni ham o‘zgarishi kerak deb hisoblaydilar. Maktab dars mashg‘ulotlarida «zamonaviy material, axborotlar yetarli emas» — degan fikrlar o‘quvchilarning ushbu holatni himoya qilishlarida eng keng tarqalgan asos hisoblanadi. Shu bilan birga, tajribali o‘qituvchilar orasida «dunyo har daqiqa o‘zgarmoqda, ta’limda esa asosan faqat standart metodlar — darsliklardan foydalaniladi», «darslarni yanada qiziqarli qilish zarur», «tortishish, isbotlash mumkin bo‘lgan masalalarni o‘rtaga tashlash lozim», «yangi texnologiyalardan ko‘proq foydalanish zarur!», «avlod o‘zgar-moqda, o‘sib kelayotgan avlodning fikrlashi turlicha va shunga qarab metodlarni moslashtirish kerak» kabi fikrlarning guvohi bo‘lamiz.

Bularning barchasi bir fikrni anglatadi: maktab va o‘quvchilarning hayotiy muhitlari o‘rtasidagi uzilish oralig‘ini yo‘qotish uchun maktab yanada ochiq axborot muhiti bo‘lib qolishi kerak. Har bir alohida o‘quv fanida o‘quvchilar axborotning turli manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini ko‘rishlari kerak. So‘zsiz, o‘qituvchi va darslik ular orasida asosiyligicha qoladi, lekin endi — yagona emas! Aslida, o‘quv jarayonida barcha axborot manbalaridan foydalanish zarur bo‘ladi. «ularning axborot qimmati, mana shu har bir manbalardan foydalanishda to‘g‘ri tanlovni o‘quvchi anglab yetishi kerak. O‘quvchi faqatgina maxsus loyihalashtirilgan muhitda mavjud bo‘la-digan o‘qituvchidek axborot manbai «katta hayot muhitida» bo‘lmasligi boshqalari esa qolishini tushunishi kerak. O‘quvchining keyingi ta’lim olishi, uning shaxsiy shakllanishi va buning oqibati sifatida uning kasbiy o‘sishi, jamiyat va shaxsiy hayotida o‘zini amalga oshirishi ko‘p jihatdan ushbu manbalardan foydalanishni bilishga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Axborotlar, shu jumladan, maktabdan tashqari manbalardan foydalanib ishlashning turli usullariga o‘rgatish bilan u yoki bu o‘quv faniga kiritilgan mediata’lim shug‘ullanadi. Aniq bir o‘quv kursiga kiritilgan mediata’limning mazmuni barcha mumkin bo‘lgan manbalardan, shu jumladan, OAV‘dan olinadigan, ko‘p sonli amaliy xususiyatdagi ma’lumotlar hamda mustaqil ravishda axborotlar olish, uni tahlil qilish va qayta ishlash malakalari nazariy bilimlar tizimidan iborat.

Ta’lim jarayoniga kiritiladigan har bir yangi axborot manbai «o‘quvchilar egallaydigan axborotlardan foydalanish usullari tartibini boyitadi. Biroq faqatgina ta’lim metodlarining o‘zini o‘zgartirish yetarli bo‘lmaydi. Bundan tashqari, dars jarayonida o‘tkaziladigan maxsus mediata’lim metodlari bo‘lishi zarur. Ta’lim jarayonida u yoki bu metodlarni va eng asosiysi, mana shu metodlarni ichki to‘ldirishni o‘zgartirish davr talabidir. Har bir metodni amaliy faoliyatda amalga oshirish alohida metodik uslublar to‘plamidan iborat bo‘lganligi sababli aynan metodik uslublarda zarur tuzatishlar amalga oshirilishi kerak.

Ta’lim jarayonida foydalaniladigan axborot manbaining turi va o‘quv faoliyati mazmuniga qarab uslublar so‘zli, ko‘rgazmali va amaliylarga ajratiladi.

Amaliy uslublarga axborotni so‘zli yoki ko‘rgazmali taqdim etish asosida topshiriqlar bajarilishi kiradi. Mediata’lim maqsadlarini hisobga olib, taqdim etiladigan har qanday axborot u yoki bu jarayonni majburiy mustaqil bajarishni ko‘zda tutadi. Oddiy mushohada qilish va passiv tinglash o‘quv jarayonida bo‘lmasligi kerak. Ta’lim umuman faoliyatdan alohida bo‘lishi mumkin emas. Xabarlardagi asosiy fikrini ajratib ko‘rsatish, qo‘yilgan savolga javob berish, axborotni darslikdagi material mazmuni bilan solishtirish, axborotning vazifasini aniqlash kabi va boshqa topshiriqlar u yoki bu mavzu bilan tanishishda o‘quvchilarning passivligiga yo‘l qo‘ymaydi.

Metodik uslublar o‘zining funksional vazifasi bo‘yicha ham farq qiladi. Buning uchun «olimlarning ajoyib ishlari, lavhalari bilan tanishtirish; badiiy adabiyot, filmlar, ko‘rsatuvlar va boshqalar uslublaridan foydalanish; adabiyotlar bilan ishlash kabi uslublardan foydalaniladi».

Metodik uslublar juda oddiy va barcha uchun qulay bo‘lishi mumkin. Idrok etishga qobiliyatini shakllantirish uchun o‘quvchilarga noaniqliklarni yoki ilmiy xatolarni izlashga topshiriqlar bilan beriladigan mass-media ko‘rgazmali axborot taqdim etish mumkin. Mediata’lim masalalariga binoan o‘quvchilarga xatolar, noaniqliklar va matndagi xatolar mumkin bo‘lgan sabablarini aniqlash taklif etiladi, chunki, noaniqlikka ega yoki mazmuni buzilgan axborot ko‘pincha axborotni tanqidiy qabul qilishga qodir bo‘lmaganlar ongini faollashtirish uchun maxsus yaratiladi. Bundan tashqari, o‘quvchilarni mustaqil olingan natijalarga ham tanqidiy qarashga o‘rgatish juda muhim. Aniq fanlar bo‘yicha laboratoriya ishlarini bajarishda topshiriqni quyidagicha ifoda etish mumkin:
• olingan natijani tahlil qiling, agar mumkin bo‘lsa jadvaldagi yoki nazariy natija bilan solishtiring; natijangizning nazariy qoidaga mos emasligi asosiy sabablarini ayting, uni yaxshilash usullarini taklif eting.
• foydalanadigan barcha o‘lchov asboblari — ma’lum axborot manbalari hisoblanadi; ushbu ma’lumotning ishonch-liligini asoslab bering; ushbu ishonchliligi nima bilan chegaralanishini tushuntiring.

O‘xshashlik, grafiklar, rasmlar, sxemalardan foydalanish yoki o‘quvchilar uchun taklif odatdan tashqari shakldagi oddiy so‘zli ta’riflashni talab etish o‘quvchilar tasavvurlarini rivojlantirishga yordam beradi. Maktabdan tashqari axborotlardan foydalanish bilan ishlab chiqilgan uslublar o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlarini faollashtirishda katta rol o‘ynaydi. Bunga birinchi navbatda, yangi, odatdan tashqari va o‘quvchilar uchun qiziqarli axborotlarni kiritish bilan erishiladi. Ikkinchidan, bu bilan o‘quv ishlari shakllari turli-tuman bo‘ladi. Bu barcha mumkin bo‘lgan manbalardan axborotlar izlash ham, uzoq vaqt davomida axborotlarni tematik tanlash, uni u yoki bu ko‘rinishda taqdim etish, auditoriyaga mo‘ljallab axborotning shakli, hajmi, mazmuni va boshqalar bo‘yicha o‘zgartirishlar bo‘lishi mumkin.

OAV’da beriladigan ko‘plab xabarlar o‘zida yetkazuvchi axborot bayon etilishining emotsionalligi, mediata’lim uslublaridan kompleks foydalanish bilan erishiladigan faoliyatning turli-tumanligi va turlarining almashuvi o‘quvchilar diqqatini kuchaytirish, xotiralari, ijodiy tafakkurlarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Qiziqarli o‘quv ishlari, o‘quvchilarning hayotiy tajribalari bilan bog‘liqligi, o‘quv faoliyatining amaliy yo‘nalganligidan foydalanish shunday uslublarga kiradi. Muhim maqsadga erishish, fikrlashni rivojlantirish uchun o‘qituvchi quyidagilar: nazariy bilim va atrofda sodir bo‘layotgan hodisa o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash; mulohaza, tushuntirishlar qurish, odatdan tashqari axborotlarni tahlil qilish, xususiyatlarini ta’riflash kabi usullardan foydalanadi.

O‘quv ishlarini tashkil etish uslublari orasida o‘quvchilarning turli axborot manbalari, shu jumladan, mass-medialar bilan individual mustaqil o‘zaro munosabatlarini tashkil qilish alohida o‘rin tutadi. Ular asosan o‘quvchilarni noan’anaviy didaktik materiallardan hamda o‘quv jarayoni uchun odatiy bo‘lmagan axborot manbalaridan foydalanishga yo‘naltiriladi.

O‘quvchilar o‘z uylaridagi kompyuterdan foydalanishlarida samarali metodik uslublardan ba’zilarini ko‘rsatib o‘tish joiz:
• boshqa vositalar yordamida kuzatish mumkin bo‘lmagan hodisalarni va jarayonlarni kuzatish.
• ta’lim materialida ko‘zda tutilgan hodisani o‘rganish bo‘yicha virtual kuzatishni amalga oshirish.
• amalga oshirilgan kuzatuv haqida hisobot tayyorlash, uni tahlil qilish.
• fan va texnika eng yangi yangiliklari haqida qo‘shimcha axborotlarni izlash va topish.
• aniq fanlardan masalalar yechishga mustaqil tayyorlanish: masalalar turli variantlari bilan tanishish, taklif etilgan masalalarni mustaqil yechish, talab etilganda yordam olish, to‘g‘ri bajarilishini avtomatik tekshirish.
• testlar, nazorat, mustaqil ishlar savollariga javoblarni tezkor tekshirish imkoniyati.

Qisqacha qilib aytganda, bunday uslublardan foydalanilganda birinchidan, o‘quvchilar o‘quv faoliyatlarida kompyuterdan foydalanishga ancha tez o‘rganadilar. Ikkinchidan, axborot texnologiyalaridan foydalanish ta’lim sifatini oshirishga, yanada to‘la, ko‘rgazmali va tushunarli qilishga imkon beradi.

Orphus system