“Bilayn” abonentlari aloka xizmatlarini UZCARD EMV kartalari yordamida to‘lashlari mumkin

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) Internet-banking va elektron tijorat soxasidagi Yagona umumrespublika protsessing markazi bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda.

UZCARD EMV onlayn-kartalarining egalari endi “Bilayn” mobil kompaniyasi xizmatlari uchun to‘lovni “Shaxsiy kabinet” orqali amalga oshirish imkoniyatiga ega. Xizmatdan foydalanish uchun, UZCARD saytidagi “Shaxsiy kabinet”da ro‘yxatdan o‘tish kerak. Bunda karta egasining mobil telefonida SMS-xabardorlik xizmati ulangan bo‘lishi lozim. To‘lovni amalga oshirish uchun abonent o‘z ma’lumotlarini kiritadi — karta raqami va amal qilish muddati, so‘ng SMS tarzida telefonga qabul qilingan dinamik parol va tizimga kirish paroli.

Tafsilotlar http://uzkart.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system