Buxoroda e-sport bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining mintaqaviy saralash turnirlari start oldi

ucg_3_08_2013

3 avgust kuni Buxoroda Game Zone kompyuter klubida e-sport bo‘yicha navbadtagi mamlakat chempionatining mintaqaviy saralash turnirlari start oldi. Musobaqalarning ilk kunida Buxoroda jamoaviy o‘yinlar bo‘yicha DotA All Stars turniri o‘tkazildi.

ucg_3_08_2013_1

Buxorodagi saralash turnirida mazkur o‘yin bo‘yicha jami 20 jamoa ishtirok etdi. Keng va yaxshi sovitiluvchi klubda kun davomida 50ta zamonaviy kompyuterlarda milliy finalda ishtirok etish huquqi uchun janglar o‘tkazildi.

Turnir yakunlari bo‘yicha joylar quyidagicha taqsimlandi:

ucg_3_08_2013_2

1-o‘rinni “Mix 5” jamoasi quyidagi tarkibda egalladi: Temirov Aziz, Kalashnikov Valentin, Fayzullayev Amal, Holmurodov Denis, To‘raev Timur.

ucg_3_08_2013_3

2- o‘rinni “322$” jamoasi quyidagi tarkibda egalladi: Karimov Aziz, Baxromov Muxammadali, Subxonov Shaxzod, Jamolov Bekzod, Kim Konstantin.

ucg_3_08_2013_4

3- o‘rinni “MK” jamoasi quyidagi tarkibda egalladi: Hidoyatov G‘affor, Elov Firdavs, Aloyev Abdumalik, Jo‘raev Sherzod, Safarov Iskandar.

“Haqiqatan ham, juda yaxshi va shinam kompyuter klubi. Yaxshi tashkil etilgan va savodli xodimlar jamoasi — deya sharhladi AIMAG2013 IV-Osiyo o‘yinlari chempioni va chempionatning bosh hakami Pavel Saprikin — Bunday sharoitlarda ishlash juda qulay edi. Men Buxoroda birinchi martaman, va tan olaman, mahalliy geymerlarning tayyorgarligi va miqdoridan juda hayratdaman. Umid qilamanki, buxoroliklar Zo’r-Zo’r UCG 2013 milliy finalida munosib ishtirok etishadi”.

ucg_3_08_2013_5

4 iyul kuni “Buxara Palas” mehmonxonasining katta zalida FIFA2013 o‘yini bo‘yicha turnir va Buxorodagi mintaqaviy saralash turniri g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Eslatamiz, ketma-ket ikkinchi yildirki, “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi va infoCOM.UZ jurnali aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsion texnologiyalar Davlat qo‘mitasi ko‘magida kompyuter o‘yinlari bo‘yicha Uzbekistan Cyber Games O‘zbekiston chempionatlarini o‘tkazmoqda. Birinchilikning bosh homiysi ham ketma-ket ikkinchi yildan beri “Bilayn” bo‘lmokda.

Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha Uzbekistan Cyber Games O‘zbekiston chempionati 17 iyul kuni boshlandi. Avgust-sentabrda mintaqaviy saralash turnirlari Buxoro, Urganch, Samarqand, Qarshi, Farg‘ona va Toshkentda o‘tkazilmokda. Mintaqaviy saralash turnirlari yakunlari bo‘yicha milliy final ishtirokchilari aniqlanadi.

27 sentabr kuni ICT Expo 2013 axborot texnologiyalari Milliy ko‘rgazmasi doirasida Zo’r-Zo’r UCG 2013 milliy finali bo‘lib o‘tadi, 28 sentabr kuni esa poytaxtdagi yoshlar san’at Saroyida g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Kichik fotoreportaj…

ucg_3_08_2013_6

Chempionatning bosh hakami Pavel Saprikin jamoalar sardorlariga turnir qoidalari bo‘yicha javob beradi.

ucg_3_08_2013_7

GameZone klubi ma’murlari — bizning eng yaxshi yordamchilarimiz! Raxmat!!!

ucg_3_08_2013_8

Jamoalarning birida o‘tgan yillarning taniqli starkrafteri, StarCraft®: Brood War o‘yini bo‘yicha 2008 yilgi O‘zbekiston chempioni Firdavs Gasanov (Fire)Templar) o‘ynagan. Firdavs kompyuter o‘yinlarini avvalgidek muntazam o‘ynamayapti, u uylandi va hozirda Buxoro banklaridan birida ishlayapti. Mana yoshlik davrini eslashga qaror qildi. Afsuski, uning jamoasi 1/8 finaldan nariga o‘tmadi.

ucg_3_08_2013_9

Jamoalar oz emas, …

ucg_3_08_2013_10

Beydjiklar esa bisyor! Chempionat hakamlari jamoalarni yo‘qlama qilishidan avval.

ucg_3_08_2013_11

Bilaynning brend rangidagi quloqliklar… Tasodif, o‘xshashlik ?!! Arzimas narsa-yu, ammo yoqimli 🙂

ucg_3_08_2013_12

Buxorolik geymerlar shu darajada shafqatsizki, na oyog‘ini, na qo‘lini ayaydi…

ucg_3_08_2013_13

Chempionat shiori: “Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 chempioniga aylan”!!!!

Orphus system