FIFA 13 bo‘yicha Osiyo chempioni Pavel Saprikin e-sport bo‘yicha milliy birinchilikning bosh hakami bo‘ldi

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) AIMAG 2013 Osiyo o‘yinlari g‘olibi Pavel Saprikin Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 e-sport bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining bosh hakami etib tayinlanganligi haqida xabar beradi.

ucg_2_08_2013

“FIFA 13 bo‘yicha Osiyo chempioni oldinda turgan turnirning timsoliga aylanishidan mamnunmiz, – deydi UCG Tashkiliy qo‘mitasining rahbari Aleksandr Suchkov. – Buning yana bir muhim tomoni shundaki, aynan virtual futboldagi bo‘lajak g‘olib Pavel bilan bir qatorda shu yil kuzda o‘tkazildigan Chempionatda mamlakatimiz sharafini himoya qiladi”.

Eslatib o‘tamiz, FIFA 13 DotA AllStars 5×5 va Counter Strike 1.6 bilan bir qatorda Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 rasmiy o‘iynlari hisoblanadi. Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 da ishtirok etish uchun arizalarini editor@infocom.uz elektron manzili orqali yuborish mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system