“Bilayn”ning Toshkentdagi ofislari endi 08:00dan 20:00gacha ishlamoqda

beeline_1_08_2013

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) Toshkentdagi savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarini yangi ish jadvaliga o‘tkazdi — 08:00dan 20:00gacha.

“So‘nggi oylarda “Bilayn” salonlaridagi ish xajmi sezilarli darajada ko‘paydi, — deydi «Unitel»ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. — Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini kelgusida oshirish dasturi doirasida Toshkentdagi front-ofislarni ishning kuchaytirilgan rejimiga o‘tkazishga qaror qilingan edi. Endi poytaxt aholisi zarurat bo‘lganida nafaqat kompaniyaning Markaziy ofisi, balki “Chilonzor” va “Buyuk Ipak Yo‘li” stansiyalari yonidagi salonlarga ish kunidan so‘ng ham tashrif buyurishlari mumkin”.

“Bilayn” shaxsiy ofislarining yangi ish jadvali Toshkentda doimiy tarzda joriy etildi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system