“Bilayn”ning eng yirik dilerlik saloni poytaxtda 2 avgust kuni ochiladi
01.08.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) yangi savdo ofisining ishga tushirilishi haqida xabar beradi. 2 avgust kuni Amir Temur va Axmad Donish ko‘chalarining kesishmasida “Bilayn”ning O‘zbekistondagi eng yirik dilerlik salonining tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev shunday dedi: “Kompaniyamiz uchun birinchi o‘rinda doim xizmat sifati bo‘lib kelgan va shunday bo‘ladi ham, bunga esa savdo tarmog‘ini rivojlantirmasdan erishib bo‘lmaydi. “Bilayn” ofislarining istalgan aholi punktida yaratilgan masofa qulayligidan tashqari, biz mazkur salonlarning darajasiga nafaqat xizmatlarimizning taqdim etilganligi, balki mijozlarimizga xizmat ko‘rsatilishi jihatidan ham jiddiy e’tibor beramiz. Aminmanki, Yunusoboddagi yangi ofis abonentlarning eng yuqori talablariga javob beradi”.

Yangi salonning ishga tushirilishi 2 avgust kuni soat 10:00ga mo‘ljallangan. Ofisning ochilish dasturida oltin raqamlar, Beeline Club imtiyozlar kartalari va barcha istaganlar uchun qimmatbaho sovrinlar o‘ynalishi ko‘zda tutilgan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq