Isomiddin Ashurov, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
31.07.2013
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

gis_31_07_2013

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi faoliyatining 2013-yilning I yarim yilligidagi dastlabki natijalari, II yarim yilligi rejalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida» 2012-yil 16-oktabrdagi PF-4475-sonli Farmoniga hamda «O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2012-yil 23-oktabrdagi PQ-1836-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan «O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida» 2012-yil 19-dekabrdagi 355-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha Davlat inspeksiyasi tomonidan 2013-yil I yarim yilligida muayyan ishlar amalga oshirildi, jumladan:

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2012-yil 30-noyabrdagi 2/1-G-sonli qarori bilan tasdiqlangan «2013-yilda o‘tkaziladigan tekshirishlar reja-jadvali»ga muvofiq, joriy yilning I yarim yili davomida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan 10ta tekshirish o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan rejali tekshirishlarning:
• 3tasi — telekommunikatsiyalar yo‘nalishi bo‘yicha;
• 1tasi — ma’lumotlar uzatish xizmatini ko‘rsatuvchi;
• 3tasi — loyihalash va qurish xizmatlarini ko‘rsatuvchi;
• 2tasi — teledasturlarni tarqatish xizmatini ko‘rsatuvchi;
• 1tasi — matbuot tarqatuvchi korxonalarda o‘tkazilgan.

9ta tekshirish natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan. O‘tkazilgan tadbirlar, tushgan murojaatlarni o‘rganish natijalariga asosan aloqa sohasiga oid qonun va normativ hujjatlar talablarini buzgan shaxslarga nisbatan joriy yilning I yarim yili davomida O‘zbekiston Respublikasi «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi»ning 152-moddasi 1-qismi va 154-moddalariga asosan Inspeksiyaning hududiy bo‘linmalari tomonidan 29 nafar shaxsga nisbatan 11 858 910 (o‘n bir million sakkiz yuz ellik sakkiz ming to‘qqiz yuz o‘n) so‘m miqdorida, jumladan, 24 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 10 665 060 (o‘n million olti yuz oltmish besh ming oltmish) so‘m, 5 nafar jismoniy shaxslarga nisbatan 1 193 850 (bir million bir yuz to‘qson uch ming sakkiz yuz ellik) so‘m miqdorida ma’muriy jazo choralari qo‘llanilgan.

Inspeksiya tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar, chiqarilgan buyruq va farmoyish hamda berilgan topshiriqlar tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida profilaktika ishlarini tashkil etishga alohida ahamiyat berilishiga hamda tekshirishlarni tartibga solishga doir qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishiga qaratilganligini ta’kidlash lozim.

Ko‘rilgan chora-tadbirlarga muvofiq 2013-yilning I yarim yili davomida bevosita joylarga chiqib, 493ta subyektlar bilan tushuntirish ishlari olib borilgan, o‘tkazilgan seminarlar soni 182tani tashkil etib, ushbu seminarlarda 2140 nafar tadbirkor va korxonalar xodimlari ishtirok etishgan. 167ta «Ochiq eshiklar kuni» tadbirlari o‘tkazilib, ishtirok etgan 987 nafar tadbirkor va fuqarolarning 268ta muammoli masalalari ko‘rib chiqilgan va ijobiy javoblar berilgan. Ommaviy-axborot vositalarida 41ta chiqishlar tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-martdagi 64-sonli majlisi bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2013-yil 1-apreldagi 80-F-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Inspeksiyaning hududiy bo‘linmalari, joylardagi hokimliklar tasarrufidagi «Kompyuterlashtirish markazlari» hamda Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari xodimlari bilan hamkorlikda respublikaning shahar va viloyat hokimliklarining qarorlariga muvofiq joylardagi korxona, tashkilot va muassasalarda AKT’ning joriy etilishi, rivojlantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi bo‘yicha o‘rganishlarda ishtirok etildi. Jumladan:

• Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 1ta;
• Navoiy viloyatida — 1ta;
• Sirdaryo viloyatida — 10ta;
• Xorazm viloyatida — 3ta;
• Qashqadaryo viloyatida — 5ta korxona, tashkilot va muassasalarda o‘rganishlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan o‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishi bo‘yicha tashkilot rahbarlariga tegishli taklif va xulosalar berildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2013-yil 17-maydagi 1-sonli yig‘ilishi bayoni 2-ilovasi bilan tasdiqlangan «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi» holatini o‘rganish yuzasidan tashkil etilgan ishchi guruhi tarkibida Inspeksiya xodimlari «Toshshahartransxizmat» OAJ’da o‘tkazilgan o‘rganishda mutaxassis sifatida ishtirok etdilar.

gis_31_07_2013_1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida» 2012-yil 16-oktabrdagi PF-4475-sonli Farmoni bilan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasiga yuklatilgan ko‘plab vazifalar asosida Inspeksiya o‘z ish rejasini belgilab olgan. Inspeksiyaning amalga oshirilishi lozim bo‘lgan quyidagi asosiy vazifalarini aytib o‘tish joiz:

• Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining tekshirishlar o‘tkazish rejasiga asosan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, pochta aloqasi, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkazish;
• davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, shuningdek, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi korxona va tashkilotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, rivojlantirish va infrastrukturaning joriy holati, axborot resurslari va interaktiv davlat xizmatlarining mavjudligi va ulardan foydalana olish mumkinligi bo‘yicha nazorat, monitoring hamda o‘rganishlarni amalga oshirish, shuningdek, ularning natijalari bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlab, yuqori tu-ruvchi organga taqdim etish;
• davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziyalash bo‘yicha qonunchilik, litsenziya kelishuvi shartlarining bajarilishi, radiochastota spektridan foydalanish, ma’lumotlar uzatish, teleradioeshittirish, axborot tizimlarida, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar tarmoqlarida xavfsizlik bo‘yicha texnik va texnologik talablar bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshirish;
• aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida litsenziya kelishuvi shartlarini buzayotgan, shuningdek, tegishli litsenziya rasmiylashtirmasdan muayyan faoliyatni amalga oshirayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni aniqlash;
• xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan amaldagi normalar, davlat va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar talablari bajarilishini, pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari sifatini yaxshilashni, shuningdek, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish profilaktikasi maqsadida o‘rganishlar o‘tkazish;
• tadbirkorlar, ishbilarmonlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi vakillari, aholi orasida, shuningdek, aloqa va axborotlashtirish korxonalarida aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyat turlarini litsenziyalash masalalari yuzasidan hamda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishining oldini olish maqsadida profilaktika ishlarini olib borishdan iborat.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq