Аbdunabi Ergashev, Тоshkent axborot texnologiyalari universiteti “O‘quv-metodik boshqarmasi” boshlig‘i
31.07.2013
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

tatu_31_07_2013

Asosiy maqsad — AKT bo‘yicha yetuk mutaxassislarni tayyorlash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1942-sonli qaroriga muvofiq, 2013–2014 o‘quv yilidan boshlab universitetdagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga o‘zgartirish kiritilib, «Kompyuter injiniring», «Dasturiy injiniring», «Telekommunikatsiya texnologiyalari», «Televizion texnologiyalar», «AKT sohasida iqtisod va menejment», «AKT sohasida kasb-ta’limi», «Pochta aloqasi texnologiyalari» va «Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik» kabi 8ta ta’lim yo‘nalishlari hamda «Kompyuter injiniring», «Dasturiy injiniring», «Telekommunikatsiya texnologiyalari», «AKT sohasida iqtisod va menejment» va «Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik» kabi 5ta magistratura mutaxassisliklariga qabul e’lon qilindi. Jahon standartlariga to‘la javob beradigan mazkur ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklarini yangi o‘quv yilidan joriy etish maqsadida tuzilgan Ishchi guruhi tomonidan ularning Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va fanlar mazmuni ishlab chiqildi. Ushbu o‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda Janubiy Koreya, Yaponiya va AQSH’dagi yetakchi universitetlar tajribasi o‘rganildi.

tatu_31_07_2013_1

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi «Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 188-sonli qaroriga muvofiq, universitet va uning filiallari tashkiliy tuzilmasi yanada optimallashtirildi. «Kompyuter injiniring», «Dasturiy injiniring» va «Telekommunikatsiya texnologiyalari», «AKT sohasida iqtisod va menejment», «AKT soha-sida kasb-ta’limi» va «Televizion texnologiyalar» kabi zamonaviy fakultetlar tashkil etildi. Universitet tashkiliy tuzilmasiga AKT bo‘yicha o‘quv dasturlari va o‘qitish sifatini jahon standarlari asosida takomillashtirish maqsadida «Prorektor-maslahatchi» lavozimi kiritildi hamda ushbu lavozimga Janubiy Koreya davlatidan AKT sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan professor, Li Chul Su tayinlandi. O‘quv jarayonini ilmiy salohiyatli va mutaxassis-amaliyotchi kadrlar bilan ta’minlash maqsadida 2013-yilda 18 nafar yuqori malakali professor-o‘qituvchilar ishga qabul qilindi, ularning 8 nafari bevosita soha korxonalarining mutaxassis-amaliyotchilaridir.

O‘quv jarayoni bilan integratsiyani ta’minlash maqsadida Qo‘mita tizimidagi korxonalar, tashkilotlar va kompaniyalar tomonidan universitet va uning filiallarida zamonaviy o‘quv laboratoriyalari tashkil etilmoqda, masalan, 2012 va 2013-yillarda Xitoyning ZTE, AQSH’ning Cisco va «O‘zbektelekom» AK’ning «O‘zMobile» filiali bilan 3ta yirik o‘quv laboratoriya sinfi tashkil qilindi, O‘zbektelekom AK tomonidan talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun kredit asosida 3000ta Netbuk olib kelinib, rasmiylashtirildi, universitetning vasiylik kengashi hisobidan 100ta kompyuter, 27ta noutbuk va boshqa multimedia vositalari o‘quv jarayoniga taqdim etildi. Bundan tashqari, soha korxonalari va tashkilotlari rahbarlari hamda mutaxassislari tomonidan universitet va uning filiallarida muntazam ravishda seminarlar va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, 2013-yilda 100dan ortiq uchrashuv va seminarlar tashkil etildi, o‘qituvchilarning soha korxonalarida amaliy tajribasi oshirib kelinmoqda, jumladan, universitet va uning filiallarining 72 nafar professor-o‘qituvchilari sohadagi yangiliklar va istiqbolli rejalar bo‘yicha amaliy tajriba oshirdilar.

Davlat qo‘mitasining 2013-yil 11-martdagi «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini axborot texnologiyalaridan foydalanish va uni joriy qilish bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 58-F-sonli farmoyishi asosida O‘zbek-Hind AT markazida 18ta idoralar, tashkilotlar va muassasalar bilan jami 1340 nafar xodimning joriy yil davomida malakalarini oshirish bo‘yicha shartnomalar imzolandi. 2013-yilning 6 oyi davomida 18 tashkilotdan jami 1217 nafar xodim o‘quv kursni yakunladi. O‘quv kurslarini o‘tkazish uchun universitetdan jami 11 nafar professor-o‘qituvchi jalb etildi. Tarmoq markazi tomonidan 2013-yil 6 oyi davomida korxona va tashkilotlar xodimlarini AKT savod-xonligiga o‘qitish rejasiga muvofiq joriy yilning 20-mayga qadar 17ta tashkilot bilan jami 2472 nafar xodimni o‘qitish bo‘yicha shartnomalar rasmiylashtirdi. 2013-yil 6 oyi davomida Tarmoq markazi va TATU’ning filiallari tomonidan 1200 nafar xodim AKT yo‘nalishida malaka oshirdilar. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi xodimlari uchun mo‘ljallangan malaka oshirish kurslarida 2013-yil fevral–may oylarida 603 nafar respublikadagi axborot-resurs markazlari xodimlari hamda kutubxonashunoslik bo‘yicha o‘qituvchilar malaka oshirdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 2013-yil 20-martdagi 01-08-17-8-sonli majlisi bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 12ta viloyat hokimiyati hamda ularning shahar va tuman hokimiyatlari xodimlarini TATU va uning filiallari professor-o‘qituvchilari, viloyatlardagi «Kompyuterlashtirish markazi» va Davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda AKT yo‘nalishida o‘qitish jadvallari va o‘quv rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Viloyat hokimliklarini hamda ularning tuman va shahar hokimiyatlarini AKT yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitish taqsimotiga muvofiq, TATU va uning filialari tomonidan Respublikamizdagi 183ta tuman va shahar hokimiyatlari mutaxassislarini AKT’ga o‘qitish belgilandi.

TATU va uning filiallari professor-o‘qituvchilari tomonidan 2013-yil 6 oyi davomida viloyat hokimliklari va ular tasarrufidagi tuman va shahar hokimiyatlarining jami 3089 nafar mas’ul xodimlari, rahbarlari va muta-xassislari (TATU tomonidan 583 nafar, filiallar tomonidan 2506 nafar), boshqa vazirlik va idoralarning 414 nafar xodimlari zamonaviy axborot-kommunikatsiya va kompyuter texnologiyalari yo‘nalishida o‘qitildi. O‘quv kurslari hozirgi kunda tizimli ravishda davom ettirilmoqda va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda tuzilgan rejaga muvofiq, 2013-yil 25-avgustgacha davom ettiriladi. O‘quv kurslarini olib borish uchun TATU’dan 14ta, filiallardan 48ta malakali professor-o‘qituvchi ajratilgan.

Hududlarda yashaydigan aholining kompyuter savodxonligini oshirish va ularga internetdan foydalanishni o‘rgatish, chekka tumanlarda istiqomat qilayotgan yoshlarni, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining va universitet talabalarining yozgi ta’tilini samarali tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish hamda za-monaviy kompyuter va axborot texnologiyalari bo‘yicha bilim darajalarini oshirish maqsadida TATU va uning filiallari professor-o‘qituvchilari va 2–3 kurs ko‘ngilli talabalaridan tashkil topgan «Bunyodkor yoshlar-2013» kompyuter savodxonligi o‘quv kurslari tashkil qilindi.

Ushbu maqsadda «Bunyodkor yoshlar-2013» kompyuter savodxonligi o‘quv kurslarining Toshkent shahri va viloyatlar kesimida taqsimoti ishlab chiqildi. Ushbu taqsimotga muvofiq, TATU’dan 229 nafar talaba va 19 nafar professor-o‘qituvchi, TATU filiallaridan 252 nafar talaba va 54 nafar professor-o‘qituvchi, jami 481 nafar talaba va 73 nafar professor-o‘qituvchi jalb etildi.

Ikki smenada tashkil etilgan ushbu tadbirning birinchi smenasida jami respublikadagi 169ta mahallalarning 5956 nafar aholi vakillari o‘qitildi.

«Bunyodkor yoshlar-2013» qurilish otryadlari tashkil etildi va bunga «Telekommunikatsiya» fakultetining 35 nafar talabasi jalb qilindi. «O‘zbektelekom» AK «TShTT»filialiga 15 nafar, «O‘zbektelekom» AK «Telekom Invest» filialiga 15 nafar, «O‘zbektelekom» AK «Telekom qurilish» filialiga 5 nafar talaba yuborildi.

2013-yil 2-yarim yilligida quyidagi vazifalarni rejalashtirganmiz:
1. Prezidentimizning 2013-yil 26-martdagi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1942 sonli qaroriga muvofiq, o‘quv jarayoniga mutaxassis-amaliyotchilarni jalb etish maqsadida, 2013–2014 o‘quv yili uchun sohaning yetakchi korxona va tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, jumladan 50dan ortiq yuqori malakali mutaxassis-amaliyotchilarni o‘quv jarayoniga jalb etish muhim vazifalardan biridir.
2. Talabalar va professor-o‘qituvchilarning ingliz tilidan bilim darajasini muntazam oshirib borish, shuningdek, 2013–2014 o‘quv yilidan boshlab 3-kurs bakalavr va 1-kurs magistratura talabalariga 11ta mutaxassislik fanlaridan ingliz tilida mashg‘ulot olib borishni tashkillashtirish. Buning uchun ingliz tilini mukammal biladigan 26 nafar professor-o‘qituvchilar jalb etildi va hozirgi kunda ular tomonidan fanlar bo‘yicha ingliz tilida ma’ruza matnlari, taqdimotlar va o‘quv-uslubiy majmualar tayyorlanmoqda.
3. O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat Qo‘mita va uning tizimidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda universitetda yangi tashkil topgan ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun 11ta o‘quv va 6ta ilmiy-tadqiqot laboratoriya sinflarini tashkil etish ham eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu laboratoriyalar, shuningdek, universitetning hududiy filiallarida ham tashkil etiladi. Bu yo‘nalishda hozirgi kunda Qo‘mita va Moliya vazirligi bilan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
4. Yangi ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha professor-o‘qituvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishini hisobga olgan holda, rivojlangan xorijiy ilmiy markazlar va ta’lim muassasalariga qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborish hamda ta’lim sifatini oshiruvchi chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish muhim yo‘nalishlardan biridir. Jumladan, 2013–2014 o‘quv yilida universitet va uning filiallarining 28 nafar professor-o‘qituvchilarini Janubiy Koreyaning KAIST, Milliy transport universiteti va Inxa universitetlariga, 4 nafar professor-o‘qituvchini XXR’ning «Huawei» kompaniyasiga, 5 nafar professor-o‘qituvchini Fransiyaning Belford-Montbeliard texnologiyalar universitetiga, 8 nafar professor-o‘qituvchini Malayziyaning MARA texnologiyalar universitetiga va 5 nafar professor-o‘qituvchini Hindistonning C-DAC dasturlash markaziga qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborish rejalashtirilgan.
5. Ta’lim sifatini oshirish va AKT sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, ilmiy-pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida JICA (Yaponiya), KOICA (Janubiy Koreya), TEMPUS (Yevropa Ittifoqi), Erasmus Mundus (Yevropa Ittifoqi) loyihalari asosida xalqaro grantlarini jalb etish, NEC (Yaponiya davlati), «Huawei» kompaniyasi (XXR), ZTE korporatsiyasi (XXR) va Nokia Siemens Networks Tashkent chet el ishlab chiqarish korxonalarining donorlik chet el grantlarini o‘quv jarayoniga olib kirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish lozim. Ushbu grantlar asosida yuqoridagi tashkilot va kompaniyalarning markaziy ofislari va ishlab chiqarish korxonalarida 2013–2014 o‘quv yili mobaynida universitet va filiallarning 49 nafar professor-o‘qituvchilari «Dasturlash texnologiyalari», «Axborot xavfsizligi», «Telekommunikatsiya», «Mobil aloqa tizimlari», «AKT-xizmatlar» va boshqa yo‘nalishlarda malaka oshirishi hamda qayta tayyorlanishi rejalashtirildi.
6. «Bunyodkor yoshlar-2013» kompyuter savodxonligi kurslari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni davom ettirish.

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq