Buxoro va Urganch shaharlarida Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 chempionatining mintaqaviy saralash turniri ishtirokchilarini ro‘yxatga olish va o‘tkazish sanalari

ucg_30_07_2013

Buxoro va Urganch shaharlarida kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionati Zo‘r-Zo‘r UCG 2013 mintaqaviy saralash turniri ishtirokchilarini ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish mintaqaviy saralash turniri o‘tkaziladigan klublarda amalga oshiriladi. Boshqa shahar va viloyatlardan ishtirokchilatr editor@infocom.uz elektron pochtasi orqali ro‘yxatga olinadi. Ro‘yxatga olish va chempionatda ishtirok etish bepul.

ucg_30_07_2013_1

Chempionat mintaqaviy saralash turnirining rasmiy o‘yinlari:
• FIFA 2013
• Dota All Stars 5х5 jamoaviy o‘yin

Mintaqaviy saralash turnirining o‘tkazilish joyi va sanalari:

• 3-4 avgust kunlari – Buxoro shahri (Navoiy va Buxoro viloyati geymerlari ishtirok etadilar).
a) 3-аvgust kuni soat 9-00 saralash turniri GameZone klubida o‘tkaziladi. Manzil: 6-mikrorayon, Farog‘iy ko‘chasi, 30-uy yonida. tel. (8-365) 222-14-72
Buxorolik ishtirokchilarni ro‘yxatga olish 2013-yil 2-avgust kuni amalga oshiriladi.
b) 4-аvgust kuni coat 9-00da FIFA 2013 turniri «Buxara Palas» mehmonxonasi katta zalida o‘tkaziladi. Soat 14-00da esa mintaqaviy saralash turnirining g‘oliblarini taqdirlash marosimi oshiriladi.

• 10 -11 avgust kunlari – Urganch shahri (Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan geymerlari ishtirok etadilar).
DotA va FIFA 2013 bo‘yicha ishtirokchilarni ro‘yxatga olish va turnirni o‘tkazish «Sunami» klubida amalga oshiriladi. Manzil: Urganch shahri, Pahlavon Mahmud ko‘chasi, 13-8, tel 8 (362) 2241606. Mo‘ljal: Urganch shahri qulilish kasb-hunar kolleji ro‘parasida. Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish 9-avgust kuni soat 18-00da yakunlanadi.

a) 10-avgust kuni soat 9-00 DotA All Stars 5×5 o‘yinlari bo‘yicha Urganch shahri mintaqaviy saralash turniri «Sunami» klubida o‘tkaziladi.
b) 11-avgust kuni «Xorezm Palas» oteli anjumanlar-zalida soat 9-00da FIFA13 o‘yini bo‘yicha mintaqaviy saralash turniri o‘tkaziladi. Turnir yakunlanishi bilan mintaqaviy saralash turnirining g‘oliblarini taqdirlash marosimi oshiriladi.

Samarqand, Qarshi va Farg‘ona shahrlarida mintaqaviy saralash turniri ishtirokchilarini ro‘yxatga olish va o‘tkazish sanalarini qo‘shimcha xabar berami!

Izоh: Ro‘yxatdan o‘tish uchun shaxsini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish zarur. O‘z shaxsiy ma’lumotlari: Familiyasi, Ismi, o‘yon (jamoasining nomi) ni ma’lum qilish. Jamoa sardori jamoaning barcha a’zolarini familiyasi, ismini ko‘rsatib, ro‘yxatdan ‘tkazishi mumkin. Chempionatda ishtirok etish BEPUL!

editor@infocom.uz elektron pochtasi orqali ro‘yxatga olinadi.

Counter Strike 1.6 o‘yini bo‘yicha (O‘zbekistondagi barcha viloyatlar geymerlari uchun) turnir faqat Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Turnirni o‘tkazish sanasi 27-sentabr kuni Toshkent shahri Chexov ko‘chasi 7 a da «Chexov 7» klubida o‘tkaziladi.

Milliy final
Chempionatning Milliy finali 27- sentabr kuni soat 10-00 dan 18-00 gacha ICT Expo 2013 ko‘rgazmasida o‘tkaziladi.
Milliy finalda mintaqaviy saralash turniri har bir o‘yini bo‘yicha 8 finalistdan ishtirok etadi.

Taqdirlash marosimi
Taqdirlash marosimi 28-sentabr kuni soat 17-00da Yoshlar ijod saroyida (Mustaqillik ko‘chasi 2) o‘tkaziladi.

Orphus system