500 000dan ortiq odam ijtimoiy tarmoqlardagi Beeline Uzbekistan sahifalariga obuna bo‘ldi

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy guruhlariga 500 000-foydalanuvchining qo‘shilgani haqida xabar beradi.

beeline_29_07_2013

“O‘tgan xafta oxirida eng taniqli ijtimoiy maydonchalardagi Beeline Uzbekistan obunachilarining soni yarim milliondan oshdi, — deydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. — Biz uchun bu birinchi navbatda mijozlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyatlarimizni oshirayotgani bilan muhimdir. Ijtimoiy tarmoqlar 24/7 rejimida teskari aloqani ta’minlaydi, bu esa abonentlarning so‘rovlarini tezkor kuzatish imkonini beradi”.

www.facebook.com statistikasini olib boruvchi www.socialbakers.com nufuzli xalqaro portal ma’lumotiga ko‘ra, 2011 yili Beeline Uzbekistan 1-raqamli Facebook-brend sifatida e’tirof etilgan. 2012 yil yakunlariga ko‘ra esa Beeline Uzbekistan www.odnoklassniki.ru tarmog‘ining TOP-10ligida Rossiyaga oid bo‘lmagan yagona guruhga aylandi.

Xabardor qilish, jonli muloqot va arizalarni qabul qilishdan tashqari, “Bilayn” ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari uchun ko‘pgina xizmat va maxsus loyixalarni taklif etmoqda. Masalan, Zo’r-Zo’r OK aksiyasi doirasida www.odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘ining barcha yangi foydalanuvchilari “Bilayn” raqamidan ro‘yxatdan o‘tganida sovg‘a tarzida 25 OKni qo‘lga kiritadilar. Shu bilan birga amaldagi foydalanuvchilar uchun “Odnoklassniki”dagi barcha sovg‘alar atigi 5 OK narxida baholanadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system