Beeline Club ishtirokchilari soni 3 500 000 kishiga yetdi

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) Beeline Club bonus dasturining kengayishi haqida e’lon qiladi. Ishtirokchilarning soni 3 500 000 kishiga yetdi.

Loyixaning hamkorlik tarmog‘ida butun O‘zbekiston bo‘yicha 217 kompaniya bor, ular Gold va Platinum imtiyozli kartalar bo‘yicha chegirmalarni taqdim etishadi, ballarga alishtiriluvchi bonuslar qatorida muloqot uchun daqiqalar, mahalliy va xalqaro SMSlar, internet-paketlar, esdalik sovg‘alari va RBT musiqalari (Ring Back Tone — chaqiruv gudoklari o‘rniga musiqa) bor.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Beeline Club “Bilayn” abonentlarining uchdan bir qismini birlashtiradi va ularning muloqotini yanada qulay qiladi. Klubdagi afzalliklar mijozlarimizga ortiqcha urinishlarsiz yangi imkoniyatlarni ochmoqda — bonuslar xizmatlardan odatiy foydalanganlik uchun taqdim etiladi”.

Eslatamiz, “Beeline Club” bonus dasturining ishtirokchisiga aylanish uchun, shaxsiy telefondan *777# bepul kodini terish lozim. Dastlabki 20 ball ulanishda sovg‘a sifatida taqdim etiladi. Kelgusi ballar “Bilayn” xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun taqdim etiladi: dasturning ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilari nafaqat sarflaydi, balki telefon orqali muloqot qilib, bonuslarni ishlab oladi.

Tafsilotlar www.beelineclub.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system