Beeline Club aksiyasi doirasida abonentlar 1 mln.dan ziyod bonus ballarni telefonlarga almashtirdi
25.07.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) “Beeline Club” бонус aksiyasining yakunlarini chiqarmoqda. Mazkur aksiya doirasida 24 apreldan 24 iyulgacha abonentlar bonus ballarini “Bilayn” telefoniga almashtirishdi.

beeline_12_07_2013

“Yuzlab abonentlarimiz Beeline Clubning ajoyib taklifidan foydalangani bizni quvontirdi, — deya voqeani sharhladi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. — Biz jami 300taga yaqin telefon va smartfonlarni qariyb 1 300 000 bonus ballari evaziga taqdim etdik”.

“Beeline Club” bonus dasturining ishtirokchisiga aylanish uchun, shaxsiy telefondan *777# bepul kodini terish lozim. Dastlabki 20 ball ulanishda sovg‘a sifatida taqdim etiladi.

Tafsilotlar www.beelineclub.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq