Yuqori malakali kadrlar — kelajagimiz garovi

tuit_24_07_2013

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimi va uning hududiy teleradiokompaniyalari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida yuqori texnologiyali teleradiouskunalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida».

2009 yil 1 apreldagi 1088 — son Qaroriga asosan Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Televizion texnologiyalar» fakulteti tashkil etildi. 2012-2013 o‘quv yili fakultetning kunduzgi bo‘limini kinoteleoperatorlik, maxsus yoritish texnologiyalari, audio va video texnologiyalar, kompyuter grafikasi va dizayn hamda ovoz yozish texnologiyalari mutaxassisliklari bo‘yicha 81nafar talaba bakalavrlik diplom ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

«Televizion texnologiyalar» fakultetida maxsus 3 yillik sirtqi bo‘lim mavjud bo‘lib, unda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida maxsus o‘rta ma’lumotga ega, televidenie sohasida uch yildan kam bo‘lmagan ish staji bo‘lgan xodimlar ishdan ajralmagan holda yuqorida keltirilgan beshta bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha ta‘lim olish imkoniyatiga egadirlar. Joriy o‘quv yilida kompaniyaning 38 nafar xodimi maxsus sirtqi bo‘limni muvaffaqiyatli yakunlab, bakalavrlik diplomiga ega bo‘ldilar.

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining fakultet jamoasi bilan yaqin hamkorligi yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda aloxida axamiyat kasb etadi. Jumladan, davlat ta’lim standartlarini tayyorlashda kompaniya mutaxassislari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi, talabalarning o‘quv, ishlab chiqarish va bitiruv oldi amaliyotlarini O‘zbekiston MTRK korxonalari va viloyat teleradiokompaniyalarida o‘tashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi, shuningdek, fakultetga kerakli bo‘lgan asbob-uskuna va o‘quv anjomlari taqdim etildi.

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 11 iyundagi Qaroriga asosan O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining 2013/2014 o‘quv yili uchun umumiy qabul kvotalari belgilandi. Unga ko‘ra Toshkent axborot texnologiyalari universitetining «Televizion texnologiyalar» fakulteti kunduzgi bo‘limiga 140 nafar va maxsus sirtqi bo‘limiga 50ta bakalavriyat yo‘nalishi bo‘yicha talabalarni o‘qishga qabul qilish rejaga kiritilgan. Maxsus sirtqi bo‘limda yangi o‘quv yilidan boshlab audiovizual texnologiyalar hamda telestudiya tizimlari va ilovalari yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar ham tayyorlanadi.

tuit_24_07_2013_1

Ta’lim tizimida mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasiga bo‘lgan e’tibor kelajakda albatta o‘zining ijobiy natijasini beradi.

Manba

Orphus system