“Bilayn”ning yangi 3G-modemlari Windows 8ga moslashgan
23.07.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) butun mamlakat bo‘ylab kompaniyaning shaxsiy sotuv salonlari va dilerlik savdo tarmog‘ida taqdim etilgan 3G-modemlarning yangi imkoniyatlari haqida xabar beradi.
Endi “Bilayn” USB-modemlari Windows 8 yangi operatsion tizimiga moslashgan bo‘lib, bu esa ulardan kompyuterning eng zamonaviy modellarida foydalanishni ancha soddalashtiradi. Shu bilan birga ZTE MF 190SQ modemlari Windows 8da ishlash uchun hech qanday maxsus sozlamalarni talab etmaydi — ularning barchasi qurilma ichiga o‘rnatilgan.
“Biz call-markaz va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali abonentlardan tushayotgan arizalarni diqqatlik bilan o‘rganyapmiz, — deydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – So‘nggi paytlarda 3G-devayslarimizning Microsoftdan so‘nggi operatsion tizimga mosligini ta’minlash iltimoslari muntazamlashdi, shuning uchun navbatdagi buyurtmani bera turib, biz ZTEdagi hamkorlarimiz oldiga tegishli vazifani qo‘ydik. Bugungi kunda Windows 8ga moslashish imkoniyati O‘zbekistondagi “Bilayn” modemlarining 100%da to‘liq amalga oshdi”.
Eslatamiz, 16 iyul kuni “Bilayn” sotuvlar ofisiga ZTE MF 190SQ rusumidagi uslubihush USB-modemlarning yangi turkumi kelib tushdi. Mazkur modemlar soniyasiga 7,2 Mbit/s gacha tezlikda uchinchi avlod tarmog‘i 3G (HSDPA)da ishlashga mo‘ljallangan. Bundan tashqari mazkur qurilmalar ovozli qo‘ng‘iroqlar, SMS-xabarlarni qabul qilish va uzatish, hamda USSD-so‘rovlarga moslashgan.
Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.
Manba: kompaniya press-relizi