On-layn to‘lovlar takomillashmoqda
22.07.2013
Rukn: Internet.
Muallif: .

Avval xabar berilganidek, “O‘zbektelekom” AK tomonidan shu yilning 1 iyulidan boshlab aholiga on-layn plastik kartochkalar yordamida internet orqali kompaniya xizmatlari uchun on-layn to‘lovlarni to‘lash imkoniyati joriy qilingan edi. Qisqa fursat ichida to‘lovning mazkur usuli orqali 150 ta to‘lov operatsiyasi amalga oshirilgan va bu raqam muntazam o‘sib bormoqda.

On-layn to‘lov usuli aholiga va kompaniya mijozlariga qulayliklar yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan. Endi on-layn plastik kartochka foydalanuvchilari uy yoki ishxonalaridan chiqmagan holda, aloqa, internet hamda IPTV xizmatlari uchun to‘lovlar to‘lashlari mumkin bo‘ladi.

To‘lovlarni ushbu usulda amalga oshirishni istaganlar on-layn plastik kartochkalari info-kiosk, bankomat yoki bank-emitent orqali SMS-xabar xizmatiga ulab qo‘yishlari, shuningdek, uzkard.uz veb-saytidagi shaxsiy kabinetda ro‘yxatdan o‘tishlari lozim bo‘ladi.

on_19_07_2013

Mazkur xizmat turidan foydalanish orqali vaqtingizni tejash istagida bo‘lsangiz, uzonline.uz yoki uzmobile.uz veb-saytlaridagi “On-layn to‘lov” havolasiga kiring.

on_19_07_2013_1

Mazkur sahifadagi billinga foydalanuvchi o‘z hisob raqamini hamda himoya kodini kiritishi kerak.

on_19_07_2013_2

To‘lovning keyingi bosqichida mijoz hisob raqamini tasdiqlab, to‘lov miqdorini ko‘rsatadi. Uyali aloqa hamda internet xizmatlari uchun ham to‘lovlar xuddi shu yo‘l bilan amalga oshiriladi.

on_19_07_2013_3

Zarur qismlar to‘ldirilgach, jarayon Yagona umumrespublika protsessing markazining portaliga ko‘chadi. Mazkur portalda mijoz plastik kartochka raqamini, amal qilish muddatini ko‘rsatishi zarur. Shundan so‘ng “Dinamik parolni olish” tugmasi bosiladi. Bir necha soniyalardan keyin uyali aloqa telefoniga yuborilgan bir martalik paroldan UZKARD veb-saytidagi shaxsiy kabinet parol bilan birga foydalaniladi va “To‘lash” tugmasi bosiladi.

on_19_07_2013_4

Shu zahotiyoq to‘lov amalga oshiriladi va mijoz to‘lovni tasdiqlaydigan kvitansiyani olishi mumkin bo‘ladi. Mazkur to‘lovning o‘ziga xosligi shundaki, to‘langan mablag‘dan hech qanday to‘lov foizi olib qolinmaydi, siz to‘lagan mablag‘ning barchasi hisobingizga o‘tadi. Shu taxlit siz ham vaqtingizni, ham mablag‘ingizni tejash imkoniga ega bo‘lasiz.

Bugungi kunda boshqa turdagi to‘lovlarni, davlat bojlari, davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni Yagona davlat interaktiv xizmatlari portalida birlashtirish masalalari o‘rganib chiqilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish, 2013-2020 yillarda Kompleks dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika Komissiyasiga elektr quvvati uchun to‘lovlarni Yagona portal orqali to‘lash tizimini yo‘lga qo‘yish yuzasidan muayyan vazifalar yuklatildi.

Yuqorida qayd etilgan aholi uchun yo‘lga qo‘yilayotgan qulayliklar yurtimizda elektron to‘lov va elektron tijoratni yangi pog‘onaga olib chiquvchi navbatdagi qadamdir. Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda qulaylik, tejamkorlik va oddiylikka erishish mazkur qadamning bosh maqsadi hisoblanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq