Active Lockscreen — Android uchun “Bilayn”dan yorqin mavzular

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) Android operatsion tizimli smartfon foydalanuvchilari uchun yangi bepul Active Lockscreen ilovasini taqdim etadi. Mazkur funktsional va uslubixush ilova yordamida bloklash ekranini amalga oshirish juda qulay bo‘ladi.

beeline_19_07_2013

“Telefoningizga “Bilayn” yorqin mavzularidan birini Google Play rasmiy ilovalar do‘konidan mutlaqo bepul yuklab olish mumkin. To‘lov faqat internet-trafik uchun olinadi, deydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati raxbari Oraz Abdurazakov. — Bu ayniqsa zamonaviy va qulay dasturlarni tanlab, zamon bilan hamnafas bo‘lgan yosh foydalanuvchilar uchun juda dolzarbdir”.

Mavzular quyidagi mazlillarda mavjud:
• “Bilayn”: http://bit.ly/17OAKDA
• Zo‘r-Zo‘r: http://bit.ly/12sC7yz
• Status http://bit.ly/10nfhfi

Active Lockscreen — bu telefonni bloklashning interaktiv ekrani. U ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘rnatilgan standart ekranning o‘rnini bosadi. Dastur telefonda tez-tez foydalaniladigan ilovalar, jumladan raqamni terish, ilova yoki o‘yinni ishga tushirish, SMS, Internetda qidiruv, musiqa, Facebook, shuningdek telefonni blok holatidan chiqarmoq, “vibroqo‘ngiroq” va “tovushsiz” rejimlarini ulash kabi ilovalarga tezkor kirishni ta’minlaydi.

Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system