«Кelajak ovozi» YOTM o‘quv oromgohida Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 turniri

fifa_13_07_2013

12-iyul kuni «Kelajak ovozi» YOTM o‘quv oromgohida barcha dam oluvchilar o‘rtasida kompyuter o‘yinlari bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 turniri o‘tkazildi. Jami turnirda 32 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tkazildi.

fifa_13_07_2013_1

Turnir boshlanishidan oldin Incheondagi IV Osiyo O‘yinlarida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallagan AIMAG 2013 Osiyo o‘yinlarida va sharq yakkakurash o‘yinlarida e-sport bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokining natijalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

fifa_13_07_2013_2

Turnir ishtirokchilari oldida Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013 chempionatining g‘olibi, FIFA 13 o‘yini bo‘yicha Osiyo chempioni Pavel Saprikin so‘zga chiqdi. U Osiyo kabi xalqaro turnirlarda «oltin» uchun qanday musobaqalashgani haqida so‘zlab berdi.

Eslatib o‘tamiz, 29-martdan 27-aprelga qadar yagona aloqa operatori «Bilayn» Bosh homiysi bo‘lib,- O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi qo‘llab-quvvatlagan va «Kelajak ovozi» YOTM va infoCOM.UZ jurnali tomonidan tashkil etilgan Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013 — kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionati o‘tkazildi.

Mazkur mintaqaviy yoshlar turniri «Biz bir jamoa, biz bir oila!» aksiyasi doirasida o‘tkazildi va O‘zbekiston va Qoraqalpog‘ston Respublikasining barcha viloyat markazlarini qamrab oldi.

fifa_13_07_2013_3

«Biz bir jamoa bo‘lib, avtobusda O‘zbekiston bo‘yicha 5000 kilometrdan ortiq yo‘l bosdik. Barcha mintaqalarda viloyat chempionini, Toshkentdagi milliy finalda esa eng kuchi chempionni aniqladik, natijada O‘zbekiston e-sporti tarixida Osiya o‘yinlari oltin medaliga muyassar bo‘ldik. Aynan «Biz – bir jamoa, biz – bir oila» aksiyasi doirasida chempionat g‘olibi Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi, aytish mumkinki, marafonimiz Inchondagi Osiya o‘yinlari oltin medali bilan yakunlandi!!!» – deydi Aleksandr Suchkov, Uzbekistan Cyber Games tashkiliy qo‘mitasi rahbari.

fifa_13_07_2013_4

Turnir doirasida Pavel Saprikin boshlovchi e-sportchilar uchun kichik mahorat-maktabi o‘tkazdi va Vyetnam, Eron, Malayziya, Qatar, Qozog‘iston, Hindiston, Tojikiston va Xitoy e-sportchilariga qarshi musobaqalarda erishgan g‘alabasi bo‘yicha o‘z tajribalarini o‘rtoqlashdi.

fifa_13_07_2013_5

«Men mamlakatimiz uchun e-sportda birinchi «oltinni» olishga muyassar bo‘lganimdan baxtiyorman.Yuksak mavqega ega musobaqalarda mamlakatimiz bayrog‘i ko‘tarilishi juda hayajonli holatdir, – deydi AIMAGda o‘tgan Osiya o‘yinlari chempioni, Pavel Saprikin. – «Kelajak Ovozi» YOTM oromgohiga kelganimdan va o‘z hayajonli onlarim, biz eng kuchli raqiblarni ham yengib g‘alaba qozona olishimiz mumkinligi haqida so‘zlab berayotganimdan juda xursandman. Osiya o‘yinlarida ishtirok etish imkoniyatini taqdim etganlari uchun chempionat tashkilotchilariga minnatdorlik bildiraman».

fifa_13_07_2013_6

«FIFA 13 jahon bo‘ylab millionlab yosh yigit va qizlarni birlashtiradi, Zo‘r-Zo‘r esa — O‘zbekistonning eng yaxshi yoshlar brendi, — deydi Unitel jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha xizmat bo‘shlig‘i, Oraz Abdurazakov. — Aynan shu sababdan UCG musobaqalarida «Kelajak Ovozi» YOTM bilan hamkorlik qilishdan xursandmiz. Ishonamanki, Osiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarining ibratli namunasi mamlakatimiz geymerlarini ham mahalliy, ham umummilliy miqyosdagi musobaqalarda g‘olib bo‘lishda ilhomlantiradi».

fifa_13_07_2013_7

fifa_13_07_2013_8

«Kelajak Ovozi» YOTM oromgohidagi turnir natijalari bo‘yicha «Kelajak Lingvo» yo‘nalishida birinchi o‘rinni – TAQI Akademik litseyi o‘quvchisi Shahzod Abdug‘afarov egalladi.

fifa_13_07_2013_9

Ikkinchi o‘rinni JIDU 4-kurs talabasi «Dilemma» yo‘nalishida Shaxboz Sayfutdinov egalladi.

Uchinchi o‘rinni «Event-management» yo‘nalishida Farg‘ona neft va gaz kasb-hunar kolleji 3-kurs talabasi Kamron Mahmudov egalladi.

4-o‘rinni «Yosh tadbirkorlar maktabi» (YOTM) yo‘nalishida Farg‘ona politexnika instituti 4-kurs talabasi Eldor Muydinov egalladi.

Bilayn kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan musobaqalar sovrinlari oromgohning «Oltin gepard» mini festivalida o‘z egalariga topshirildi.

Orphus system