Abituriyentlar uchun yangi www.abcd.uz sayti ochildi

abcd_17_07_2013

Yaqinda abituriyentlarni axborot xizmati bilan qo‘llab-quvvatlovchi veb-sayt http://abcd.uz/ ishga tushirildi. Sayt yoshlar uchun qulay va qiziqarli inrefeysga ega.

abcd.uz yordamida abituriyentlar OTM’ga hujjatlar qabuli va topshirish shartlari, test imtihoni jarayoni, O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalari haqida hamda ular bilan bog‘lanish bo‘yicha zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishlari, shuningdek, O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalari haqida eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishib borishlari mumkin.

Bundan tashqari, abituriyent o‘zi tanlagan yo‘nalish fanlari bo‘yicha onlayn testdan o‘tishi va o‘z erishgan natijalarini bilib olish imkoniga ega bo‘lishi mumkin, bu natijalar bo‘yicha saytda yuzerlar reytingi o‘tkaziladi.

Shu jihati e’tiborga sazovorki, zarur ma’lumotlar yanada samarali idrok etilishi uchun qiziqarli infografik tarzida taqdim etilgan, saytning o‘zi esa OTM talabalari tomonidan ishlab chiqilgan.

Orphus system