ZTE MF 190SQ 3G-modemlari yana “Bilayn” savdo ofislarida!

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) ZTE MF 190SQ USB-modemlarining savdosi qayta tiklangani haqida xabar beradi. Endi ular kompaniya ofislarida 149 000 so‘m narxida sotilmoqda, shundan 4 000 so‘m mablag‘ kelgusi xarajatlar uchun hisobga tushadi.

“3G-devayslariga yuqori talab va kompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra modemlarni yetkazib berishda yuzaga kelgan uzilishlar savdolarda qisqa muddatli tanaffusga olib keldi, deya voqeani sharxladi “Unitel”ning ommaviy bozordagi savdolar bo‘yicha direktori Maksim Yefremov. — Biz USB-modemlarga bo‘lgan talabni maksimal darajada qisqa muddat ichida qanoatlantirish uchun bor imkoniyatimizni ishga soldik. Hozirda ular “Bilayn”ning poytaxt ofislarida mavjud, hafta ohirigacha esa ZTE MF 190SQ modemlari butun mamlakat bo‘ylab salonlarga kelib tushadi”.

beeline_16_07_2013

Eslatamiz, ZTE MF 190SQ 3G-modemi 3G (HSDPA) uchinchi avlod tarmoqlarida ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, soniyasiga 7,2 Mbit/s gacha va GPRSG-EDGE (2,5G) tarmoqlarida soniyasiga 236 Kbit/s gacha tezlikda ishlaydi, ovozli qo‘ng‘iroqlar, SMS-xabarlarni qabul qilish va uzatish, hamda USSD-so‘rovlarga moslashgan. Asosiy USSD-so‘rovlar kiritilgan, shuning uchun abonent ularni qo‘lda kiritishiga zarurat yo‘q — ularni menyudan tanlashning o‘zi kifoya.

Asosiy xususiyatlar:
• HSDPAG`UMTS 2100G`900 MGts
• EDGEG`GPRSG`GSM 850G`900G`1800G`1900 Mgts
• Ma’lumotlarni qabul qilish tezligi — soniyasiga 7,2 Mbit/s gacha
• Ma’lumotlarni uzatish tezligi — soniyasiga 5,76 Mbit/s gacha
• Moslashgan: Voice, USSD, SMS
• 4 Gbgacha MicroSDga moslashgan
• Modem faqat “Bilayn” SIM-kartasi bilan ishlaydi

Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system