“Bilayn” va “Odnoklassniki” “Zo‘r-Zo‘r OK” aksiyasini ishga tushirishdi
15.07.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘i bilan hamkorlikdagi loyixa ishga tushirilgani haqida xabar beradi. “Zo‘r-Zo‘r OK” aksiyasi doirasida kompaniyaning “Odnoklassniki”da ro‘yxatdan o‘tgan barcha abonentlari kafolatlangan bonuslarni qo‘lga kiritadi.
Bir oy davomida odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘ining barcha yangi foydalanuvchilari “Bilayn” raqamidan ro‘yxatdan o‘tayotganda 25 OKni sovg‘a tariqasida qo‘lga kiritadi. Shu bilan birga, amaldagi foydalanuvchilar uchun “Odnoklassniki”dagi barcha sovg‘alar atigi 5 OK miqdorida narxlanadi.
“Biz O‘zbekistonning eng mashxur ijtimoiy tarmog‘i bilan hamkorligimizni rivojlantirishdan xursandmiz, — deydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. — Aminmanki, mijozlarimiz nafaqat “Odnoklassniki”dan sovg‘alarni, balki kompaniya tomonidan taqdim etilgan yangi imkoniyatlarni ham baholashadi”.
Aksiya 15 avgustga qadar davom etadi. Tafsilotlar www.beeline.uz va www.odnoklassniki.ru saytlarida.
Manba: kompaniya press-relizi