OAV vakillari uchun on-layn matbuot anjumani

on_12_07_2013

Joriy yilning 12-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari Qo‘mitasi tomonidan “Davlat hokimiyati va boshkaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi normalarining sinovi bo‘yicha o‘tkazilayotgan huquqiy eksperimentning borishi va uning yoritilishida OAVning vazifalari to‘g‘risida on-layn shaklidagi matbuot anjumani tashkil etildi.

Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlaridagi studiyalar bilan ulangan holda o‘tkazilgan mazkur tadbirda Qonunchilik palatasi deputatlari. Huquqiy eksperimentni o‘tkazuvchi Ishchi komissiyasi a’zolari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati instigutlari vakillari ishtirok etdilar.

on_12_07_2013_1

Tadbnrni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad:
jamoatchilikni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-martdagi «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi sinovi bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazish haqida’ti F-3987-sonli Farmoyishi ijro etilishining borishi haqida xabardor qilish;
huquqiy eksperimentning maxsus Internet-sayti ochilishi munosabati bilan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot olishning yangi imkoniyatlari xususidagi ma’lumotlarni huquqiy eksperiment ishtirokchilari hamda ommaviy axborot vositalariga yyetkazish;
— huquqiy eksperimentni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdan iboratdir.

on_12_07_2013_2

Matbuot-anjumannda so‘zga chiqqan huquqiy eksperimentni o‘tkazuvchi Ishchi komissiyasi a’zolari OAV va fuqarolik jamiyati nnstitutlari vakillari e’tiborini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 20 martdagi «Davlat hokimiyati va boshkaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi sinovi bo‘yicha huquqiyeksperiment o‘tkazish haqida”gi №F-3987- sonli Farmoyishining bajarilishini ta’minlash maksadida Buxoro va Samarqand viloyatlarda huquqiyeksperimentni o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilgan ishlarga karatishdi.

on_12_07_2013_3

Jumladan, huquqiyeksperiment o‘tkazish jarayonida Buxoro va Samarqand viloyatlarida faoliyat kursatayotgan davlat hokimiyati va boshkaruvi organlari tomonidan uz faoliyatining ochiqligini ta’minlash yuzasidan axborot foydalanuvchilari uchun yangi, kulay shart-sharoitlar ochadigan huquqiytartibda ishlar tashkil etilgani ta’kidlandi.

on_12_07_2013_4

Qonun loyihasida belgilangan huquqiy eksperiment subyektlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash usullari bo‘yicha qo‘llanmalar ishlab chikilib, tasdiklandi. Huquqiyeksperiment o‘tkazish maksadlari, vazifalari va koidalari tufisida Buxoro va Samarqand viloyatlari, shahar va tumanlar hokimliklari, davlat organlarining axborot xizmatlari va OAV xodimlari uchun alohida seminar-treninglar o‘tkazildi.

on_12_07_2013_5

Eksperimentdan kuzlangan maksad, uning axamiyati va moxiyati, davlat hokimiyati va boshkaruvi organlari faoliyati, ularning ijtimoiy-ikgisodiy rivojlantirish sohasida qabul qilgan qarorlari, dasturlari va boshqa hujjatlari to‘g‘risida axborot olishda jismoniy va yuridik shaxslar uchun Qonun loyihasida yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar haqida keng jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlarinn xabardor qilish uchun har ikki viloyatda fuqarolar bilan 120 dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazildi. Mazkur masala yuzasidan olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamla mahalliy Kengashlar deputatlari, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari faol ishtirok etdilar.

on_12_07_2013_6

O‘z faoliyati haqidagi axborotning ochiqligi, oshkoraligi va haqqoniyligini ta’minlash. eksperimentning samaradorligiga dobr ma’lumotlar va eksperiment o‘tkazish subyektlari faoliyagini foydalanuvchilar tomonidan baholash bo‘yicha sotsiologik tadqiqotlar faol amalga oshirilmoqda.

on_12_07_2013_7

Matbuot anjumanida so‘z olganlar huquqiy eksperiment o‘tkazish hududlarida fuqarolarning siyosiy va axborot olish faolligi oshganligini e’tirof etishdi. Xususan, Buxoro va Samarqand viloyatlarida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga qilinayotgan yozma va og‘zaki murojaatlar soni ko‘payib borayotgani kuzatildi. Davlat organlari tomonidan fuqarolarning murojaatlari, axborot olish yuzasidan so‘rovlariga nisbatan mas’uliyatning kuchayishi hamda ushbu faoliyatning samaradorligi oshishi nagijasida joriy yilning ikkinchi choragi davomida har ikki viloyatdagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga kelib tushgan murojaatlar soni birinchi chorakka nisbatan ikki marotaba ortib, Samarqand viloyatida 1514 ta, Buxoro viloyatida esa 1230 tani tashkil etdn.

on_12_07_2013_8

Qonun loyihasi yuzasidan eksperiment o‘tkazish tartib-taomillari, uning normalarini moddama-modda muhokama qilish jarayoni to‘g‘risida jamoatchilikni mungazam ravishda xabardor qilib borish, jurnalistlarni qiziqtirayotgan savollarni bevosita eksperiment o‘tkazish subyektlari rahbarlariga yo‘llash, Ishchi komissiyasi a’zolari va ekspertlarning o‘zaro tezkor axborot almashishi imkoniyatini beradigan ixtisoslashtirilgan Internet-resurs yaratilgani haqida ham anjumanda alohida so‘z yuritildi. Shuningdek, ishtirokchilarga huquqiy eksperimentning maxsus veb-sayti orqali OAVni akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi hamda huquqiy eksperimentning borishi haqidagi dolzarb va tezkor axborotlarni, xususan, akkreditatsiyadan o‘tgan OAV tomonidan e’lon qilinadigan barcha axborot materiallari, press-relizlar, huquqiy eksperiment qatnashchilarining axborotlarini olishdagi imtiyozlar to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi.

Stitched Panorama

Tadbirda o‘tkazilayotgan huquqiy eksperiment samaradorligini ta’minlash, uni amalga oshirish jarayoni to‘g‘risida fuqarolarga to‘laqonli va o‘z vaqtida axborot yyetkazish, Qonun loyihasi normalarini yanada takomillashtirish bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarning taklif-mulohazalarini shakllantirishda ommaviy axborot vositalari o‘rni va roli muhim ahamiyatga egaligi qayd etildi.

Ayni vaqtda Buxoro viloyatida 41ta OAV faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 36ta bosma, 5ta elektron OAV orqali aholining keng qatlamiga viloyat ijtimoiy-siyosiy. sotsial-iqtisodiy hamda ma’naviy-ma’rifiy hayotiga oid muhim xabar va yangiliklar tarqatib borilmoqda. Samarqand viloyatida mazkur ko‘rsatkich bugungi kunda 59tani tashkil etib, shundan 54tasi bosma, 5tasi elektron OAVdir. Shu kunga qadar ular tomonidan huquqiy eksperimentning mazmun-mohiyatini ochib beradigan 200dan ortiq materiallar berildi.

on_12_07_2013_10

Anjumanda ular tomonidan huquqiy eksperiment doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar atroflicha muhokama qilindi Xususan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini OAVda keng yoritish, ular ishining shaffofligini ta’minlash, fuqarolarning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar olib borilayotgan tashqi va ichki siyosat haqida xabardorligini oshirish bo‘yicha OAVning mas’uliyatini yanada kuchaytirish, davlat organlari faoliyati haqidagi xolis va haqqoniy axborotlarni aholining turli qatlamlariga yetkazish jarayonida jurnalist mas’uliyatn va uning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish muhim masalalardan ekani qayd etildi.

Shu bilan birga, matbuog anjumanida Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada faollashtirish zarurligi ta’kidlandi. Ayniqsa, ular tomonidan idoralarnnng Internet tarmog‘idagi veb-saytlarini takomillashtirish va ularga joylashtirilayoggan ma’lumotlarni Qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan muddatlarda yangilab borishni ta’minlash. Huquqiy eksperiment subyektlari faoliyagining ochiqligini ta’minlashga qaratilgan matbuog anjumanlari, brifintlar va boshqa tadbirlarni o‘tkaznsh borasidagi ishlarni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish darkor.

Matbuot-anjumani so‘nggida uning tashkilotchilari OAV va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini takomillashtirish jarayonlari, uning normalari sinovi bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazish xususiyatlari, amalga oshirilayottan huquqiy eksperiment istiqbollari va boshqa masalalar yuzasidan bergan savollariga batafsil javoblar qaytardilar.

Orphus system