“Beeline Club” telefonlari aksiyasining tugashiga 2 hafta qolmoqda

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) “Beeline Club” bonus aksiyasining navbatdagi yakunlari haqida e’lon qiladi. Mazkur aksiya doirasida 24 iyulgacha abonentlar bonus ballarini “Bilayn” telefoniga almashtirishlari mumkin.

beeline_12_07_2013

• Bilayn S305 = 4 000 ball
• Nokia 1280 = 4 500 ball
• Nokia 1800 = 5 000 ball
• Bilayn G2100 = 5 500 ball
• Zo‘r-Zo‘r Honor = 10 000 ball
• Samsung Galaxy S Plus = 15 000 ball
• Samsung Galaxy S II = 20 000 ball
• Samsung Galaxy S III = 25 000 ball

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: «“Beeline Club” aksiyasining tugashiga 2 hafta qolmoqda, biz yuzlab telefonlarni topshirishga ulgurdik, demak ayrim modellar tugagan. Masalan, Toshkentda Nokia 1280 va Nokia 1800 telefonlari yo‘q. Biroq eng qizig‘i hali oldinda: biz ko‘ryapmizki, ko‘pgina abonentlar ballarni premium-smartfonlarga to‘plamoqda».

Eslatamiz, telefonni qo‘lga kiritish uchun, to‘plangan ballarning kerakli miqdoriga ega bo‘lgan raqam sohibi pasport va STIR bilan kompaniya ochiq ofisiga murojaat etishi lozim. Telefonlar miqdori cheklangan.

“Beeline Club” bonus dasturining ishtirokchisiga aylanish uchun, shaxsiy telefondan *777# bepul kodini terish lozim. Dastlabki 20 ball ulanishda sovg‘a sifatida taqdim etiladi. Tafsilotlar www.beelineclub.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system