Kichik biznes subyektlari uchun interaktiv xizmat
09.07.2013
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan yuridik shaxslarga kichik biznes toifasiga mansubligi va ishlovchilar soni to‘g‘risida elektron ma’lumotnoma berish bo‘yicha yangi interaktiv xizmati tashkil etildi. Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan «Yuridik shaxsning kichik biznes toifasiga mansubligi va ishlovchilar soni to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish» yangi interaktiv xizmati ishlab chiqilgan.

Mazkur xizmat yordamida kichik biznes toifasiga mansubligi va ishlovchilar soni to‘g‘risidagi elektron ma’lumotnoma www.soliq.uz saytidagi yuridik shaxsning «Shaxsiy kabineti»da avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Ma’lumotnomani soliq organlaridan tasdiqlatmasdan talab etilgan joyga taqdim etish uchun chop etish mumkin. Ushbu interaktiv xizmatdan foydalanish uchun soliq to‘lovchi yuridik shaxslar elektron raqamli imzo orqali shaxsiy kabinetga kirib, «Kichik biznes» menyusini tanlashi zarur. Mazkur xizmatdan foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha taklif yoki savollaringiz bo‘lsa, email@soliq.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq