“Bilayn” “Do It” xizmati orqali cheksiz tungi Internetni tuhfa etmoqda
09.07.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) Mobil Internet foydalanuvchilari uchun yangi “Do It” xizmati haqida xabar beradi. Endi kompaniya abonentlarida 8 avgustga qadar kuniga atigi $3 evaziga soat 01:00dan 09:00gacha cheksiz Internetdan foydalanish imkoniyati bor.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” tijorat direktori Dmitriy Grigoryev shunday dedi: “Joriy yoz oyida biz abonentlarimizga sovg‘alarni tarqatishda davom etyapmiz. “Do It” xizmati ularning ko‘pchiligi uchun chinakam sovg‘aga aylanadi. Va eng yoqimli jihati, xizmat uchun faqat undan foydalangan kun uchun haq to‘lash talab etiladi”.

“Do It” xizmatiga ulanish uchun bepul *100500# kodini terish kifoya.

Xizmat Zo‘r-Zo‘r Megabit va Status tariflari to‘plamidan tashqari, barcha oldindan to‘lov tizimi abonentlari uchun amal qiladi. Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq