Mоbil xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda Ucelldan yangi qulaylik
05.07.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Ucell mobil operatori mobil xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishda yangi to‘lov xizmati – Uzcard tizimidagi onlayn plastik kartalar yordamida to‘lash imkoniyati haqida xabar beradi.

Ushbu yangi to‘lov xizmatidan onlayn plastik kartaga ega va Uzsard tizimining shaxsiy kabinetida ro‘yxatdan o‘tgan Ucell abonentlari foydalanishlari mumkin.

“Uzcard bilan hamkorlikda biz Ucell abonentlari uchun yangi qulaylik yaratdik. Endi abonentlarimiz plastik kartalaridan foydalanib internet orqali mobil aloqa xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin”, — deydi Ucell Moliya direktori, janob Tomas Tendzegolskis.

Ushbu xizmat haqida batafsil ma’lumotni www.ucell.uz va www.uzcard.uz veb sahifalaridan olishingiz mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq