Eng yaxshi veb-saytlar aniqlandi
05.07.2013
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Bugun Xalq ta’limi vazirligi tizimida an’anaviy ravishda o‘tkazilib kelinayotgan eng yaxshi veb-sayt ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

Qayd etish joizki, joriy yilgi ko‘rik-tanlov ham yuqori darajada tashkil etildi. moodle uzedu.uz masofaviy ta’lim portali orqali tashkil etilgan mazkur ko‘rik-tanloviga yurtimizdagi umumta’lim maktablaridan 200 ga yaqin arizalar kelib tushdi.

Tanlovga biriktirilgan hakamlarning xulosasiga ko‘ra, “Eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni Toshkent shahar Hamza tumanidagi 166-maktabning www.school166.uz veb-sayti ijodkorlari qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘ringa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi 22-maktabning www.22-school.uz veb-sayti mualliflari sazovor bo‘ldi. Uchinchi o‘rinni esa Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 142-maktabning www.maktab142.zn.uz xodimlari veb-sayti egalladi.

edu_5_07_2013

Shuningdek, “Eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti” nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘ringa poytaxtimizdagi 50-maktab o‘qituvchisi Olga Myachina www.olgam.zn.uz sayti sazavor bo‘lgan bo‘lsa, Navoiy viloyatidagi 7-maktab o‘qituvchisi Zumrad Nurullaevaning www.axborot.zn.uz sayti ikkinchi hamda Buxoro viloyatidan kelgan 1-maktab o‘qituvchisi Axtam Boltaevning www.axtam-boltayev.orca.uz sayti uchun uchinchi o‘ringa loyiq topildi.

edu_5_07_2013_1

“Eng yaxshi o‘quvchi veb-sayti” nominatsiyasida birinchi o‘rinni Navoiy viloyati Uchquduq shahridagi 7-maktab o‘quvchisi Shohjahon Ikromov www.3quduq7.zn.uz, ikkinchi o‘rinni Farg‘ona shahar 40-ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi Rustem Kattaxonov www.student-school40.uz va uchinchi o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi “Progress” maktabining 5-sinf o‘quvchisi Pavel Sarminlar www.moreqames.orca.uz saytlari uchun oldilar.

edu_5_07_2013_2

Bundan tashqari, ko‘rik-tanlovda www.dtm10maktab.zn.uz – Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi 10-sonli maktab sayti, www.azamat.mtt.uz – Samarqand viloyati Samarqand shaxridagi 34-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Toshev Azamatning sayti, www.doda80.zn.uz – Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi 5-sonli maktab o‘quvchisi Sultonov Abdulazizning sayti uchun diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbir so‘ngida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan g‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Manba

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq