«PENGZHONG XINGSHENG» MCHJ QK Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, Haqiqat qishlogi
04.07.2013
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

uzte_3_07_2013

«Jizzax» ixtisoslashgan industrial zonasi hududida UZTE brendi ishlab chiqarish liniyalarining tantanali ochilishi.

uzte_3_07_2013_1

3-iyul kuni Sirdaryo viloyatining Haqiqat qishlog‘ida UZTE brendi ishlab chiqarish liniyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

uzte_3_07_2013_2

Mazkur liniya «Mobil telefonlar va boshqa elektron qurilmalar ishlab chiqarilishini tashkil qilish» loyihasi asosida foydalanishga topshirildi.

Loyihaning tashkilotchi va ta’sischilari «ZTE (N.K.) LIMITED» (Xitoy) kompaniyasi va «PENG SHENG» MCHJ QK (O‘zbekiston Respublikasi) kompaniyasi hisoblanadi — 50/50., Loyiha bo‘yicha investitsiya umumiy summasi 3,16 mln. AQSH dollarini tashkil etadi.

«PENGZHONG XINGSHENG» MCHJ QK – 2012-yil 05.12 sanasi bilan Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

«ZTE (N.K.) LIMITED» (Xitoy) kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan TIAISV o‘rtasida 2013-yil 6-aprel kuni Investitsion shartnoma tuzildi, unga muvofiq korxona va xorijiy kompaniya tomonidan mobil telefonlari va boshqa elektron qurilmalar ishlab chiqarish, Hukumat tomonidan esa imtiyozlar taqdim etilishi bo‘yicha majburiyat qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 02.05.dagi 118-sonli «Jizzax» ixtisoslashgan industrial zonasida yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil qilish choralari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq yuqoridagi shartnoma tasdiqlanib, yangi tashkil etilayotgan korxona uchun qo‘shimcha soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etildi.

Xitoy kompaniyasi shartnomaga muvofiq investitsion majburiyatni o‘z zimmasiga oldi. Masalan, ZTE (N.K.) Limited yiliga 100 ming mobil telefoni va uning aksessuarlarini ishlab chiqaradi. Hozirgi vaqtda 50 yangi ish o‘rni tayyorlangan. Loyiha ishlab chiqarish quvvatiga chiqish muddati etib, 2016-yil belgilangan. Korxona ish faoliyatining ikkinchi va uchinchi yillarida eksport ulushi 10 foizdan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil etishi kerak.

uzte_3_07_2013_3

UZTE brendi ishlab chiqarish liniyalarining tantanali ochilish marosimi vaqtida taklif etilganlar oldida yangi qo‘shma korxona mahsulotlari taqdim etildi. Hozirgi vaqtda UZTE savdo belgisi ostida turli narx segmentiga mo‘ljallangan smartfonning uch modeli ishlab chiqarilmoqda:
• Grand V smartfoni
• Grand M smartfoni
• Grand X smartfoni

uzte_3_07_2013_4

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ZTE smartfonlarini sotish joriy yil iyul oyida hozirning o‘zidayoq amalga oshirilishi boshlanishi kerak. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimenti kengaytirilib boriladi.

uzte_3_07_2013_5

uzte_3_07_2013_6

uzte_3_07_2013_7

Ushbu hodisani sharhlar ekan, Sirdaryo viloyati hokimi Ashurmatov Oybek Shadmankulovich, jumladan, shunday dedi: «Jahonda mobil telefonlar ishlab chiqarishda yetakchilardan biri — ZTE korporatsiyasi «Jizzax» ixtisoslashgan industrial zonasida mobil telefonlar va boshqa elektron qurilmalar ishlab chiqarilishi loyihasida ishtirok etishi chet ellik investorlar samarali ishlashlari uchun O‘zbekistonda barcha sharoitlar yaratilganligini bildiradi. Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida bizning iste’molchilarimiz UZTE savdo belgisi ostida — «O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» eng yangi texnologiyalar va uskunalar hamda sifatli servis xizmatiga ega bo‘ladilar».

«Mazkur loyihada ishtirok etayotganimiz — deydi ZTE korporatsiyasi Vitse-prezidenti, janob Chjan Rentszyun, — O‘zbekistonga o‘z tajribamiz, investitsiya va jahon darajasidagi texnologiyalarimizni olib kelganimizdan xursandmiz. Bundan tashqari, bu bizning O‘zbekistonda qo‘shma ishlab chiqarish sohasida birinchi tajribamiz emas. Ishonamizki, yangi UZTE brendi O‘zbekiston iste’molchilari uchun butun dunyoda Xitoy ZTE brendi kabi mashhur va sevimli bo‘lib qoladi. Biz yuqori sifatli va qulay narxdagi mobil qurilmalarining keng assortimentini taqdim etar ekanmiz, O‘zbekistondagi xaridorlarimizning talablarini e’tiborga olamiz. Kelajakda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksportga jo‘natishni rejalashtirganmiz».

Tantanali ochilish marosimida: O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, Saidova Galina Karimovna xonim, Sirdaryo viloyati hokimi, Ashurmatov Oybek Shodmonkulovich, O‘zbekiston Respublikasida Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi, janob Chjan Syao, Xitoy Xalq Respublikasining Chjetsayan Provintsiyasi Venchjou shahri merining o‘rinbosari, Chjen Chaoyan xonim, Xitoy Xalq Respublikasining Wehgzhou Xing Sheng Trade Company Ltd. Boshqarusi raisi, janob Chen Lin Vang, ZTE Korporatsiyasi Vitse- Prezidenti, Senyor janob, Chjan Rentszyun ishtirok etdilar.

“PENG SHENG” MChJ QK O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahridan 70 km uzoqlikda Sirdaryo viloyatida joylashgan. «PENG SHENG» – bu pol ustini, devor sirtlarini qoplash, sanoat va sanitar keramik plitkalari ishlab chiqarish, charm xomashyosini qayta ishlash va tabiiy charm ishlab chiqarish, erkaklar va ayollar sifatli charm poyabzallari ishlab chiqarishi bo‘yicha ixtisoslashgan ishlab chiqarish korxonasidir.

ZTE Korporatsiyasi jahonda yetakchi telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqaruvchi va tarmoq yechimlari yetkazib beruvchisi hisoblanadi. 1985-yildan boshlab, ZTE Korporatsiyasi ma’lumotlar uzatish tarmoqlari, intellektual tarmoqlar (IN) va keyingi avlod tarmoqlari (NGN) jahon tarixiga katta hissasini qo‘shdi. Kompaniya mobil telefonlar savdosi hajmi bo‘yicha jahonda 4-o‘rinni egallaydi.

Muloqot axborotlarini quyidagi raqamlar: +99890 970 92 23 e-mail: kamila.tursunova@zte.com.cn, kamila.tursunova@qmail.com Tursunova Komila orqali olish mumkin.

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq