O‘zbekiston e-sport Bo‘yicha Incheondagi IV Osiyo O‘yinlarida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi
04.07.2013
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) Janubiy Koreyada o‘tayotgan AIMAG 2013 IV Osiyo O‘yinlarida geymerlarimizning chiqishlari yakunlari haqida xabar beradi. O‘zbekiston terma jamoasi e-sport bo‘yicha umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

esport_4_07_2013

Birinchi o‘rin Janubiy Koreya terma jamoasiga, uchinchi – Qozog‘iston, to‘rtinchi esa Xitoyga nasib etdi.

esport_4_07_2013_1

Eslatamiz, Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013 chempionatining g‘olibi Pavel Saprikin FIFA 13 o‘yini bo‘yicha Osiyo chempioniga aylandi, 2009 yilgi III Osiyo o‘yinlarining bronza sovrindori Sardorbek Abdullayev esa NFS: Unleashed bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston terma jamoasining uchinchi ishtirokchisi — UCG Beeline 2012 turniri g‘olibi Kirill To‘laganov — chorakfinal bosqichiga chiqib, 5-o‘rinni egalladi.

esport_4_07_2013_2

esport_4_07_2013_3

“Jamoamiz Osiyo birinchiligida e-sport bo‘yicha 6 rasmiy o‘yinlardan faqat ikkitasi bo‘yicha qatnashganligi inobatga olinsa, mazkur natijani shou-shuvli deya hisoblasa bo‘ladi, deydi “Uzbekistan Cyber Games” Tashkiliy qo‘mitasi rahbari Aleksandr Suchkov. — Yigitlarimiz O‘zbekiston eng kuchli kibersport davlatlaridan biri ekanligini isbotlashdi, va bizda juda yaxshi istiqbollar bor”.

esport_4_07_2013_4

Joriy yilda yopiq inshootlarda va sharq yakkakurashlar bo‘yicha AIMAG 2013 IV Osiyo o‘yinlarida e-sport yo‘nalishi bo‘yicha qatnashgan davlatlarning soni O‘yinlarni o‘tkazish tarixi davomidagi eng katta bo‘ldi.

esport_4_07_2013_5

esport_4_07_2013_6

esport_4_07_2013_7

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq