“Bilayn” ning “Uchinchi avlod-2013” amaliyot dasturi Toshkentda boshlandi
04.07.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) Toshkentda “Uchinchi avlod-2013” dasturi qatnashchilarining amaliyoti boshlanganligi haqida e’lon qiladi. Poytaxtimizning turli oliy o‘quv yurtlaridan kelgan 14 nafar talaba “Bilayn”ning texnik, tijorat, moliya va axborot texnologiyalari direktsiyalaridagi amaliyotga kirishdi.

““Bilayn” uchun “Uchinchi avlod” — strategik loyixalardan biridir, — deydi “Unitel” Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati raxbari Oraz Abdurazakov. — Bu kelajakka kiritilgan o‘ziga hos sarmoyadir, negaki kompaniyaning kadr salohiyati uning barqarorligi va muvaffaqiyatining asosidir. O‘zbekistondagi bizning amaliyot dasturimizga besh yil to‘ldi, bu vaqt mobaynida yuzdan oshiq iqtidorli talabalar “Bilayn”da ish tajribasiga ega bo‘ldi, ulardan qirqqa yaqini esa kompaniya shtatiga joylashdi”.

beeline_4_07_2013

Eslatamiz, 2013 yilning bahor oyida III-IV kurs talabalari “Bilayn”da amaliyot o‘tashi uchun qabul boshlangandi. Yuzlab da’vogarlar ichidan saralangan eng yaxshi ishtirokchilar orasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Samarqand Davlat universiteti, Toshkent moliya instituti, Vestminster universiteti va Sharqshunoslik instituti vakillari bor.

“Uchinchi avlod” dasturi “Bilayn”da ilk bor besh yil avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916 sonli Qarori bilan tasdiqlangan, O‘rta muddatli istiqbolda axborot mahsulotlari va texnologiyalarini rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida ishga tushirilgan. Loyihaning maqsadi kompanida amaliyot o‘tash hamda keyinchalik ishga qabul qilish uchun eng yaxshi talabalarni saralash, shuningdek alohida murakkab bo‘sh ish o‘rinlari uchun kasbiy zaxirani shaklantirishdan iborat.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq