Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali test rejimida ishga tushirildi!

gov_1_07_2013

2013-yil 1-iyul kuni Internet tarmog‘ida my.gov.uz manzilida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) test rejimida ishga tushirildi.

gov_1_07_2013_1

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun “yagona oyna” rejimida davlat interaktiv xizmatlarini ko‘rsatuvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining ishga tushirilishiga bag‘ishlangan Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ushbu loyihani amalga oshirilishi mamlakatimizda “Elektron xukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirish yo‘lida qo‘yilgan yana bir muhim qadam hisoblanadi. Yagona portalning shiori — “Xizmatlar yangi qiyofada” deb nomlanadi va bu on-layn tarzda yagona nuqta orqali davlat interaktiv xizmatlarini taqdim etish ma’nosini bildiradi. Yagona portal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 14-fevraldagi PF-1920-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Obod turmush yili” Davlat dasturiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 30-dekabrdagi 378-sonli qaroriga asosan yaratilgan.

gov_1_07_2013_2

Matbuot anjumani davomida ishtirokchilar, mutaxassislar hamda davlat organlari vakillari tomonidan Yagona portalning ishlash tamoyillari, hamda unda aholining va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan o‘zaro aloqadorligi ko‘rib chiqildi. Hozirgi kunda Yagona portal orqali test rejimida kundalik turmushga taalluqli soha va yo‘nalishlarni o‘z ichiga oluvchi 40ga yaqin interaktiv xizmatlar taqdim etilmoqda. Ularning ichida avtomatik tarzda taqdim etiladigan “Yuridik va jismoniy shaxslar uchun Internet va statsionar telefon ulash uchun arizalarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va ko‘rib chiqish” va “Davlat soliq xizmatlari organlari tomonidan soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun arizalarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va ko‘rib chiqish”, “Telekommunikatsiya sohasiga tegishli litsenziyalarni olish bo‘yicha arizalarni qabul qilish” kabi xizmatlar mavjud. Bundan tashqari, tadbirkorlar uchun tegishli litsenziyalarni olish uchun arizalarni elektron ravishda yuborish xizmatlari ham joriy etilgan.

gov_1_07_2013_3

Asosiy e’tibor aholidan kelib tushgan murojatlarni ko‘rib chiqishga qaratilgan. Yagona portal orqali fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘z murojaatlarni yuborishlari mumkin. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, Yagona portal orqali taqdim etiladigan interaktiv davlat xizmatlar ichida yarim avtomatik tarzda taqdim etiladigan axborot-ma’lumot xizmatlari ham mavjud. Yagona portalning yana bir asosiy va zarur bo‘lgan jihatlaridan biri, bu -“Statistika” modulidir. Ushbu modul orqali davlat organi tomonidan foydaluvchining murojat va arizalarini real vaqt tarzida ko‘rib chiqish va bajarish jarayonini kuzatish mumkin. Ushbu modul davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi darajasini oshirish, aholi va davlat organlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan.

Matbuot anjumani davomida “O‘zbektelekom” AK tomonidan telefon tarmog‘i, Internet va raqamli televideniye uchun on-layn tarzida to‘lash tizimining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu tizim foydalanuvchiga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xizmatlarni uyidan chiqmagan holda, kompaniyaning veb-saytiga tashrif buyurish orqali amalga oshirish imkonini beradi. Davlat boji va boshqa yig‘imlarni on-layn tarzda to‘lashni yo‘lga qo‘yish maqsadida yaqin kelajakda ushbu tizimni Yagona portalga integratsiyalash rejalashtirilgan.

gov_1_07_2013_4

Yagona portalning ishlab chiqaruvchilari aholi, tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari vakillaridan Yagona portalni takomillashtirish maqsadida yo‘llagan takliflarini qabul qilishga tayyorligi va muloqot uchun ochiq ekanliklarini ta’kidlab o‘tishdi.

Manba: ccitt.uz

Orphus system