Sardorbek Abdullayev “AIMAG 2013” IV Osiyo O‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasiga ilk medal keltirdi
02.07.2013
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) “AIMAG 2013” IV Osiyo O‘yinlaridagi “Need For Speed: Unleashed” (avtopoygalar simulyatori) kompyuter o‘yini bo‘yicha final poygasining yakunlari haqida xabar beradi. Sardorbek Abdullayev 7 trassadagi poygalarning yakunlari bo‘yicha Qozog‘iston, Vyetnam va Qatar o‘yinchilariga qarshi kechgan matonatli kurashda O‘yinlarning kumush medalini qo‘lga kiritdi.
“Sardorbekning kumushi terma jamoamiz barcha sport turlari bo‘yicha mazkur O‘yinlarda erishgan ilk medali bo‘ldi, deya qayd etdi “Uzbekistan Cyber Games” Tashkiliy qo‘mitasi rahbari Aleksandr Suchkov. — Jamoamiz O‘zbekistonda e-sportga yangi hayot bag‘ishlagan Milliy Olimpiya qo’mitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsion texnologiyalar Davlat qo’mitasi, “Kelajak Ovozi” va, albatta, “Bilayn”ning ko‘magi sharofati bilan muvaffaqiyatga erishdi!”
Eslatamiz, “AIMAG 2013” IV Osiyo O‘yinlari 29 iyundan 6 iyulgacha Incheonda (Koreya Respublikasi) Osiyo Olimpiya Kengashi shafeligida o‘tkazilmoqda.
Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” bosh direktori Andrey Safronyuk shunday dedi: “Biz jamoamizning muvaffaqiyatlaridan faxrlanamiz va ishtirokchilarga yangi zafarlar tilaymiz! Sardorbekni medal bilan qutlaymiz: 2009 yilda Vyetnamda u Osiyo O‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritgan edi, va hozirga kelib u natijasini yaxshiladi. “Bilayn” mazkur sohani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi: O‘zbekistonda ko‘p ishlar sportning ravnaqi uchun amalga oshiriladi, va men mamlakatimizning sport kelajagiga uz hissamizni qo‘shish imkoniyatiga ega ekanligimizdan xursandman”.
Tafsilotlar http://www.aimag2013.org/en/Sports/Esports saytida.
Manba: kompaniya press-relizi