Pavel Saprikin AIMAG 2013 Osiyo O‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasiga ilk oltin medal keltirdi

fifa_2_07_2013

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) AIMAG 2013 IV Osiyo O‘yinlaridagi “FIFA 13” (futbol simulyatori) kompyuter o‘yini bo‘yicha final baxsi yakunlari haqida xabar beradi. Pavel Saprikin uchta uchrashuv yakunlari bo’yicha xitoylik e-sportchilarga qarshi kechgan shiddatli kurashda O‘yinlarning dastlabki oltin medalini O‘zbekiston terma jamoasining g‘aladoniga qo‘shib, shoxsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

“Bugungi kunda bu — geymerlarimizning Osiyo O‘yinlari tarixidagi eng muvaffaqiyatli chiqishidir, deydi “Uzbekistan Cyber Games” Tashkiliy qo‘mitasi rahbari Aleksandr Suchkov. — Bu O‘zbekistonda e-sportning tiklanishi va ravnaqi yo‘lida o‘tgan yildan beri sarflangan kuchning mevasidir. “UCG Beeline 2012” va “Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013” chempionatlari sport kompyuter o‘yinlari uchun keskin burilish yasadi va men aminmanki, yaqin orada biz yanada ko‘proq natijalarga erishamiz”.

fifa_2_07_2013_1

Eslatamiz, bir kun avval boshqa e-sportchimiz Sardorbek Abdullayev “Need For Speed: Unleashed” avtosimulyatori bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallab, O‘zbekistonga AIMAG 2013 Osiyo O‘yinlarining ilk kumush medalini keltirgandi.

“Unitel” bosh direktori Andrey Safronyuk: “Yigitlarimizning chiqishi Osiyo birinchiligining haqiqiy shov-shuviga aylandi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, ular nafaqat kompyuter o‘yinlari muxlislari, balki O‘zbekistonning barcha sportchilari uchun yuqori planka o‘rnatishdi. Biz chin qalbimizdan Pavelni bunday tarixiy muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va unga kutilayotgan Jahon chempionatida yangi zafarlar tilaymiz!”

Tafsilotlar http://www.aimag2013.org/en/Sports/Esports saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system