Incheondagi “AIMAG 2013” IV Osiyo o‘yinlarida terma jamoamizning FIFA13 bo‘yicha muvaffaqiyatli ishtiroki
01.07.2013
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Incheon shahrida “AIMAG 2013” IV Osiyo o‘yinlari doirasidagi e-sport bo‘yicha musobaqalarda FIFA13 o‘yini bo‘yicha har ikkala e-sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Shu tariqa, guruh turnirlari yakunlariga ko‘ra, o‘yinchilarimizning har ikkisi ham vyetnamlik geymerlarni musobaqa ortida qoldirib, chorakfinalga yo‘l oldi.
30 iyun kuni chorakfinal o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Uchta bahs yakunlariga ko‘ra, Kirill To‘laganov matonatli kurashda xitoylik e-sportchiga imkoniyatni boy berdi (1:0, 0:1, 0:1). U yakuniy 5-o‘rinni egallab (TOP 8), musobaqalarni yakunladi.
Boshka atletimiz Pavel Saprikin chorakfinalda eronlik juda kuchli geymer bilan kuch sinashdi. Pavel himoya taktikasini tanlab, raqibining ikkita bahsda biron marta ham gol urishiga imkon bermadi va ikkala o‘yinni penalti bo‘yicha yutib, yarimfinalga chiqdi.
Yarimfinal va final o‘yinlari 2 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Ilk yarimfinal o‘yinida Pavel Malayziya e-sportchisi bilan o‘ynaydi.
Bahslarning jadvali va natijalari bilan bu yerdan tanishish mumkin.
E-sport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga terma jamoani Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokiga tayyorlashda bergan ko‘magi uchun minnatdorchilik bildiradi. “Kelajak Ovozi” YoTM, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsion texnologiyalar Davlat qo‘mitasi, “Bilayn” kompaniyasiga tashkilotchilik va homiylik ko‘magi uchun alohida raxmat.