“Bilayn” va Uz24.uz “Chaqiruv!” tanlovining g‘olibini mukofotlashdi

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) va Uz24.uz axborot portali tahririyati “Chaqiruv!” tanlovining yakunlarini e’lon qiladi. “Bilayn” Markaziy ofisida o‘tkazilgan tantanali taqdirlash marosimi ko‘plab tomoshabinlarni yig‘di.

Abonentlar, OAV vakillari va boshqa mehmonlarning ko‘z o‘ngida “Chaqiruv!” tanlovining g‘olibi Yuliya Razevichga “Beeline G2100” telefoni taqdim etildi. Bundan tashqari, u yoz ohirigacha mobil hisobni har hafta 10 000 so’mga to’ldirish imkoniyatiga ega bo’ldi.

24_1_07_2013

“Portalimiz O‘znetda endi o‘z faoliyatini boshlamoqda va biz Uz24.uz interaktiv loyixalarning dastlabkilaridan biri eng yirik aloqa operatori bilan birgalikdagi tanlov bo‘lganligidan faxrlanamiz, — deya voqeani sharhladi Uz24.uz loyixasi raxbari Abror Ismoilov. — Original g‘oya va “Bilayn” ijtimoiy resurslarining ulkan mashxurligi loyixani chindan-da yuqori saviyada o‘tkazishimizga imkon berdi, umid qilamanki, biz buni yana takrorlaymiz”.

Eslatamiz, 20 iyun kuni “Beeline Uzbekistan”ning “Facebook”dagi korporativ sahifasida boshlangan tanlovda “Bilayn”ning barcha abonentlari va sayt o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin edi. Buning uchun quyidagi savolning to‘g‘ri javobiga eng yaqin bo‘lgan variantni berish lozim edi: “O’zbekiston — Qatar o’yinidan so’ng 18 iyun 19:00dan 19 iyun 19:00gacha 24 soat davomida “Bilayn” abonentlari nechta qo’ng‘iroqni amalga oshirishdi?” Javob variantlari www.facebook.com/beeline.uz manzili bo‘ylab joylashgan postga sharx tarzida qabul qilingan edi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system