E-sportchilarimizning “Inchon 2013” IV Osiyo o‘yinlaridagi raqiblari aniqlandi
29.06.2013
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Janubiy Koreyaning Inchon shahrida Yopiq inshootlardagi IV Osiyo o‘yinlari va “AIMAG 2013” sharq yakkakurash o‘yinlariga e-sportchilar o‘rtasida qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
E-sport toifasi bo‘yicha Osiyo o‘yinarida 6ta rasmiy o‘yin o‘tkaziladi. Mamlakatimiz ularning ikkitasida ishtirok etadi. Bular sport simulyatorlari: “FIFA 2013” va “NFS: UNLEASHED”. Bugun e-sport bo‘yicha ishtirokchilarning qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Eslatamiz, O‘zbekiston terma jamoasi sharafini quyidagilar himoya qilmoqda:
Kirill Tulyaganov, “FIFA2012” o‘yini bo‘yicha 2012 yilgi O‘zbekiston chempioni, “WCG 2012” jaxon chempionati finali ishtirokchisi.
Pavel Saprikin, “Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013” chempionati g‘olibi va
Sardorbek Abdullayev, “NFS: Most Wanted” o‘yini bo‘yicha yopiq inshootlardagi 3-Osiyo o‘yinlarining bronza sovrindori.
Kirill Tulaganovning guruh turnirlari bosqichidagi raqiblari Xitoy va Vyetnam e-sportchilari bo‘ldi, Pavel Saprokin pley-off yo‘llanmasi uchun Vyetnam va Eronning virtual futbolchilariga qarshi kuch sinashadi.
“NFS: UNLEASHED” o‘yini bo‘yicha bizning Sardorbek Abdullayev chorakfinal yo‘llanmasi uchun Eron, Tojikiston va Vyetnamning virtual avtopoygachilari bilan kurash olib boradi. 29 va 30 iyun kunlari “NFS: UNLEASHED” o‘yini bo‘yicha guruh turnirlari va chorakfinal bosqichlari bo‘lib o‘tadi, 1 va 2 iyul kunlari esa e-sport toifasidagi musobaqalarning final bosqichi g‘oliblari aniqlanadi.
Bugun va ertaga e-sportchilarning mashg‘ulotlari, uskunani sozlash va musobaqa qoidalarini pishitish ishlari o‘tkazilmoqda.
E-sport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi “Bilayn” kompaniyasiga homiylik ko‘magi uchun minnatdorchilik bildiradi. E-sport buyicha Osiyo o‘yinlaridagi musobaqalar 29 iyundan 3 iyulgacha o‘tkaziladi. Turnirlar jadvali bilan bu yerdan tanishish mumkin.