“Zo‘r-Zo‘r” va “Pepsi” “Muloqotdan ZZaryadlan!” aksiyasini boshlashmoqda
28.06.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

“Zo‘r-Zo‘r” yoshlar brendi va “Pepsi” “Muloqotdan ZZaryadlan!” nomli hamkorlikdagi aksiya boshlanganligi haqida e’lon qiladi. 0,5, 1 va 1,5 litr o‘ramdagi “Pepsi”, “Mirinda” va “7Up” yahna ichimliklarini harid qilib, “Bilayn” abonentlari kafolatlangan bonuslardan birini qo‘lga kiritadi.

pepsi_28_06_2013

Aksiyada ishtirok etish uchun 2013 yilning 30 noyabrigacha “Muloqotdan ZZaryadlan!” aksiyasining promo-etiketkali mahsulotini harid qilib, qopqoqning ichki qismida 16 raqamli unikal kodni toppish va mobil telefondan *104* kod # USSD-so‘rovini yuborish kerak. Aksiyaning har bir ishtirokchisi tarmoq ichidagi bepul 5 daqiqa, tarmoq ichidagi 10 SMS yoki 5 megabayt tarzidagi kafolatlangan sovg‘alardan birini qo‘lga kiritadi.

“Bu “Zo‘r-Zo‘r” ruhidagi chindan-da yoshlarbop va yozgi aksiyadir, – deydi “Unitel”ning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – Endi sariq qopqoqli sevimli ichimliklar nafaqat tetiklik kuchini, balki muloqot zavqini xam bag‘ishlaydi. Aminmanki, ikki yoshlar brendining birgalikdagi aksiyasi abonentlarimizning didiga chin ma’noda mos keladi”.

Tarmoq ichidagi bepul daqiqa va SMS paketlari 7 kunlik muddatga taqdim etiladi, tarmoq ichidagi bepul megabaytlar esa 30 kunga. Yana o‘sha turdagi bonus yutib olingan taqdirda, paketlar qo‘shiladi va muddati uzayadi. “Muloqotdan ZZaryadlan!” aksiyasida avtiv holatda bo‘lgan va hisobida mablag‘i bor “Bilayn”ning oldindan to‘lov tizimi abonentlarining barchasi ishtirok etishi mumkin.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz va www.pepsi.com.uz saytlarida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq