“Zo‘r-Zo‘r Star” laureatlari “Men nechun sevaman O‘zbekistonni?!” fotoko‘rgazmasiga tashrif buyurishdi

“Zo‘r-Zo‘r Star” yoshlar musiqiy televizion loyixasining laureatlari www.shov-shuv.uz va www.uzlife.uz portallari tomonidan tashkil etilgan Sherzod Ikromutdinovning “Men nechun sevaman O‘zbekistonni?!” fotoko‘rgazmasida ishtirok etishdi. Ko‘rgazma 27 iyun kuni “Grand Mir Hotel” mehmonxonasining “Harem” zalida o‘tkazildi.

zor_28_06_2013

Yosh iqtidorli fotosuratchi ko‘rgazmani “Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni” munosabati bilan o‘tkazib, qadrdon zaminiga muhabbat g‘oyasini taniqli insonlar — sportchilar, aktyorlar, shoirlar va shou-biznes yulduzlari siymolari orqali ifoda etdi.

Eslatamiz, “Men nechun sevaman O‘zbekistonni?!” loyixasi O‘zbekiston madaniyati va san’atining 30 nafar vakili aks etgan 80 ta fotosuratni o‘z ichiga oladi va o‘zbek xalqining yorqinligi va o‘ziga hos xususiyatlarini namoyon etishga undaydi. 18 kun ichida mualliflar mamlakatimizning taniqli arboblari, shu jumladan “Zo‘r-Zo‘r Star” loyixasi sovrindorlari Ulug‘bek Xoliqov, Shaxlo Ahmedova, Yana Baxtieva va Madina Rashidova ishtirokida o‘nlab ko‘chma fotosessiyalar o‘tkazishdi.

“Zo‘r-Zo‘r Star” ishtirokchilari turli yulduzlar qatorida Sherzod Ikromutdinovning ko‘rgazmasiga tashrif buyurib, ekspozitsiya mehmonlari uchun bir nechta kompozitsiyalarni ijro etshdi. Kecha hayriya «kim oshdi» savdosi bilan yakunlandi, uning doirasida yig‘ilganlar taqdim etilgan fotoishlarni harid qilishi mumkin bo‘ldi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system