Qiziqarli FAKTlar
28.06.2013
Rukn: Qiziqarli fAKTlar.
Muallif: .

akt_28_06_2013

Axborot texnologiyalari sohasidagi eng qiziqarli ma’lumot va axborotlarni chop etishda davom etamiz. Mazkur sahifamizda naushniklar haqida fikr yuritamiz.

Quloqlarni asrang
Zamonaviy naushniklar juda ajoyib moslama, biroq ajablanarli tomoni, foydalanishda ayrim o‘ziga xos jihatlarga ham ega, ularni barcha foydalanuvchilar bilishi zarur. Naushniklar atrofdagilarga noqulaylik tug‘dirmay, istalgancha baland ovozda musiqa tinglashga imkon beradi. Shunga qaramay, naushniklar eshitish organlari bo‘lmish — quloqlarimizga zarar keltirishi va hatto jarohatlashi, shuningdek, boshqa xavfli oqibatlarning sababi bo‘lishi ham mumkin.

Keyingi paytlarda pleyerlardan stereonaushniklarda musiqa dasturlarini tinglash juda ham ommaviylashib ketdi. Telefonlar naushniklarini taqib olib, nafaqat uyda, balki ko‘chada, transportda va boshqa joylarda musiqa tinglab yurish odat tusiga kirib qoldi. Mazkur stereonaushniklar ovoz kuchi ba’zida 114 dB’gacha yetadi, bu esa 100 metr naridan parvozga ko‘tarilayotgan turboreaktiv samolyot tovushi bilan barobar. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, agar shovqin himoyalagichidan foydalanilmasa, unda mana shunday 4 soatlik shovqindan keyin haftada oliy chastotalar atrofida eshitishda qisqa vaqtli buzilishlar va oqibatda umuman eshitish yomonlashishi mumkin. Shu sababli baland ovoz bilan va uzoq vaqt davomida zamonaviy musiqa dasturlarini ortiqcha tinglash tavsiya etilmaydi. Foydalanilayotgan tovush kuchaytirgich chatotasi maksimal quvvatiga yaqin tasodifiy keskin ovoz balandligi oshganda, birinchi navbatda, eshitish organlarining jiddiy jarohatiga olib kelishi mumkinligini yoddan chiqarmaslik kerak. Nisbatan kichik quvvat berilganda telefon hosil qiladigan tovush ta’sirida bosim 120–130 dB darajasidan oshib ketishi va bosh og‘rishi mumkin. Bunga qo‘shimcha qilib, quloq chanog‘iga ambushyurlarning doimiy bosimi, hatto qisqa vaqt davomida tinglanganda ham, insonda tanglik va g‘azablanish hissini keltirib chiqarishi mumkin. Bu holat eshitish organlariga yetarlicha miqdorda havo kelmasligi bilan bog‘liq.

Naushnik ixtirochisi kim?

akt_28_06_2013_1

Naushnikni Nataniel Bolduin 1910-yilda oshxonada o‘tirgan joyida har bir odam o‘zi istagan musiqasini boshqalarga halaqit qilmay tinglay olish imkoniga ega bo‘lish uchun ixtiro etgan. Musiqani uyda, ko‘chada, metroda — xohlagan joyda tinglash mumkin. Bundan tashqari, naushnik ovoz yozish (filmlar ishlab chiqish, telivizion va radioeshittirish) jarayonida muhim ahamiyatga ega.

Ma’lumotlarga ko‘ra, A. J. Xepbern Natanieldan namuna oladi — bu suratdagidek birlashtirilgan telefon detallari edi. Xepbern shu zahoti qurilmani test sinovidan o‘tkazadi va bu — ajoyib moslama ekanligiga ishonch hosil qildi.

Atrofdailardan darhol mana shunday naushniklarga buyurtmalar tusha boshlandi, ammo Bolduin faqat kichik sonli — aytaylik, 10 donadan buyurtmalarni qabul qila olar edi. U hali ham o‘z uyida, oshxonada ularni yasashda davom etardi.

Naushniklarning inson eshitish qobiliyatiga ta’siri
Shu o‘rinda taniqli rossiyalik oliy toifali shifokor, otolaringolog-surdolog Konstantin Kondraning sharhi bilan tanishishni taklif etamiz.

— Konstantin Andreyevich, naushniklar kar bo‘lishga olib kelishi mumkinmi?
— Тo‘la quvvatda baland ovoz quloqlar membranalarini zararlantirishi mumkin. Eshitish qobiliyati zararlanganda uni yo‘qotish ehtimoldan holi emas. Aynan oddiy naushniklarda baland tovushda musiqa tinglashni yaxshi ko‘rishi sababli eshitish qobiliyatini yo‘qotgan 20 yoshli bemorlarni bilaman.

— Naushniklardan bir kunda qancha vaqt foydalanish salomatlik uchun xavfsiz?
— Qоplama naushniklarda kuniga bir soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqt tinglash mumkin, quloq ichiga kiritiladigan naushniklarda bu vaqt ikki barobarga qisqaradi. Agar naushniklardan juda ko‘p foydalana boshlasangiz, musiqani baland eshitasizmi yoki past tovushdami, bundan qat’iy nazar, odatda eshitish qobiliyati pasayadi. Chunki eshitish organlariga ta’sir ko‘rsatish sodir bo‘ladi.

Tovush — bu havo tebranishlari to‘lqini. Tovush bosimi darajasi detsibellarda o‘lchanadi. Inson qulog‘i uchun mumkin bo‘lgan birlik — 80 detsibelni tashkil etadi. Bunday darajadagi tovush balandligi hatto kuniga bir soatdan bo‘lsa ham mumkin bo‘lgan darajadan oshib ketadi. Bu — besh yillardan keyin musiqa tinglash ishqibozlarida eshitish qobiliyati to‘la yo‘qolishi sodir bo‘ladi deganidir. Mana shundan musiqa ishqibozligi birinchi oqibatlari — jizzakilik va e’tiborsizlikdan iborat. Ko‘pincha qon bosimi oshadi, qayerdandir bosh og‘rig‘i paydo bo‘ladi.

— Nima uchun eshitish qobiliyati baland tovushdan aynan shunday ta’sirlanadi?
— Inson tug‘ilgandan uni tovushlar dunyosi qamrab oladi, biroq odatiy hayotda baland tovushlar ko‘p eshitilmaydi. Insonlar uchun avvaldan bu xavf signalidir. Shuning uchun baland tovushdan keskin va xavotirli ta’sirlanish — tabiiy holat.

— Hatto musiqa yoqimli bo‘lsa hammi? Tovushlarni qanday qabul qilamiz?
— Eshitish qobiliyatining xususiyati — uning binaural tuzilishi. Binaurallik inson tovushli axborot ikki qabul qiluvchisi, ya’ni ikki quloqqa egaligini anglatadi. Quloqlar qabul qiladigan signallar eshitish tizimi atrof qismi bilan qayta ishlab chiqiladi. Ular tahlil qilinadi, shundan so‘ng axborot bosh miyaning tegishli bo‘limlariga kelib tushadi. Eshitish kanallari orqali kelgan signallarni solishtirish asosida anglab yetish jarayoni boradi. Natijada boshda musiqa deb ataluvchi tahlil paydo bo‘ladi. Agar tovush naushniklardan kelib tushadigan bo‘lsa, unda har bir quloq faqat o‘z naushnigidan kelayotgan tovushni tahlil qiladi, qo‘shni quloq qabul qilgan tovushni tahlil qilmaydi. Turli insonlarga umuman boshqa turdagi va boshqa kattalikdagi naushniklar to‘g‘ri kelishini aytib o‘tish kerak.

— Bunga nima sabab?
— Bu quloq chanog‘i shakli bilan bog‘liq. U insonda barmoq izlari kabi individualdir. Shuning uchun bir xildagi naushniklar ayrim insonga juda yoqadi, boshqasida esa — noqulaylik tug‘diradi. Ular bosh bilan har bir keskin harakatda tushib ketadi yoki quloq chanog‘ida qadoq hosil qiladi.

— Naushniklarning qaysilari eng xavfsiz?
— Keling, ular o‘zi qanday bo‘lishini aniqlab olaylik. Foydalanishda ikki turdagi naushniklar: qoplama yoki monitorli va kiritiladigan, bananlar deb ataluvchilari taqdim etiladi. Monitorli — katta va quloqni yopib turuvchi — eshitish uchun ancha mos. Mana shunday «quloqlar Cheburashkalar» ambushyurlari — quloqni butunlay yopib boshga kiyiladigan yumshoq valiklilari hisobiga qulay hisoblanadi. Ular quloq chanog‘ini to‘la qoplab oladi, uni tashqi shovqindan to‘la saqlaydi. Quloqqa kiritiladigan «tabletkalar» va «bananlar» — quloq uchun zararli. Mana shunday naushniklarda tovush oqimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri quloq pardasiga boradi, unda keskinlik hosil qiladi va asab tizimiga qo‘shimcha salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

— Unda nima uchun mana shu zararli qurilma telefon, pleyerlar to‘plamiga kiritiladi?
— Ba’zida komplekt «quloqlar» ancha sifatli bo‘ladi, chunki o‘zining musiqa eshittirish xususiyatlari hisobga olingan holda aynan shu qurilma uchun yaratilgan. Ko‘pchilik kompaniyalar bunday «quloqlarni» faqat ko‘rgazma uchun, funksiya ishlayapti deb ko‘rsatish uchungina qo‘shimcha qiladi. Mana shunday naushniklarda sifatli shovqindan saqlash mavjud emas. Ular egalari tovushni maksimum baland qiladi va tovush sifati yomonlashishidan boshqaga ega bo‘lmaydi va uning buzilib xirillashga o‘tishi quloqni zararlantirishi xavfini paydo qiladi.

— Оzmi-ko‘pmi xavfsiz naushniklarni tanlash qoidalari mavjudmi?
— Quloq uchun mos namunani topish uchun monitorli naushniklar boshdan tushib ketmasligi va uni ko‘zlarga ta’sir ko‘rsatadigan darajada siqmasligi, yuz suyaklari og‘rimasligiga e’tibor qaratish kerak. Quloqqa tiqiladigan naushniklar quloqda mahkam joylashishi, lekin o‘tkir burchaklari yoki keraksiz do‘ngliklari bilan g‘ashga tegmaydigan bo‘lishi kerak. Ikkinchi «quloqlar» vishillamasligi, g‘ijirlamasligi, jaranglamasligi kerak. Buning uchun diqqat bilan ularning xarakteristikalarini, chastotasini aniqlab oling. U Gts va kGts’larda o‘lchanadi. Diapazoni qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Odatda bu 18 Gts’ni tashkil qiladi. Qarshiligi yoki impedansi, 16–40 Om’ni tashkil qilishi kerak. Shunday qarshilikda quvvati katta bo‘lmagan qurilma ham yaxshi eshitish uchun yetarlicha baland tovush hosil qilib beradi. U taxminan 80 detsibelni tashkil qiladi. Boshqa yaqinlashib kelayotgan poyezd shovqinini eslatuvchilari barcha shovqin quloqlar uchun zararli.

— Тоvush ortiqcha balandligini qanday tushunish mumkin?
— Eshitish uchun xavfli hisoblangan musiqa tovushi balandligi chegarasini aniqlash qiyin emas: agar bir metr nari masofada turganlar naushnikingizdan chiqayotgan tovushni eshitayotgan bo‘lsalar, bu xavotirlanish uchun asos hisoblanadi. Tovush baland bo‘lganida organizmning o‘zi ham «baqirib» yuboradi, lekin bu endi sabrning oxirgi tomchisi bo‘ladi. 130 detsibeldagi darada quloq pardasida og‘riq hissini yuzaga keltiradi. 150 detsibelli tovush esa juda xavfli bo‘lishi mumkin. Eshitish organlari uzoq vaqt davomida baland tovushlar uchun moslashmagan.

— Doimiy ravishda baland tovushda musiqa tinglanganda quloqlarda nimalar sodir bo‘ladi?
— Eshitish qobiliyati yaxshilanmaydi. Bu aniq. Afsuski, naushniklarda ulardan foydalanish salomatlikka tuzatib bo‘lmas zarar keltirishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Tovush darajasi oshib ketganda quloq pardasi ichkariga egiladi. Shu bilan birga, naushniklar unga alohida, bundan tashqari, uzoq vaqt davomida salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada quloq pardasi tabiiy tarangligini yo‘qotadi. Eshitish nervi toliqishi deb ataluvchi holat yuzaga keladi. Hujayralar baland tovush ta’siri ostida o‘la boshlaydi.

— Metroda ketayotganda yoki shovqinli shaharda yurib ketayotganda naushniklar aksincha, ortiqcha shovqindan saqlaydi-ku?
— Barchasi aksincha. Metrodagi shovqin va naushniklardagi, ayniqsa, «bananlardagi» tovush bir vaqtda yoki kar bo‘lib qolish, yoki musiqani umuman eshitmaslik usuli bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha metroda musiqa tinglab yuruvchilar eshitish qobiliyatlari zararlanishi muammosiga duch keladilar. Xalqaro standartlarga binoan kuchli shovqinni, misol uchun, 110 detsibelli shovqinni salomatlikka zararsiz 30 soniyadan ko‘p bo‘lmagan vaqtda eshitish mumkin. Metroda, u yerda poyezdning o‘rtacha shovqini 90 detsibel baholanadi, shovqinni eshitmaslikka harakat qilib naushniklardagi tovushni maksimumgacha kuchaytiramiz, bu bilan eshitish ekzekutsiyasini jiddiy darajagacha yetkazamiz. Agar naushniklarsiz yaqinlashib kelayotgan poyezd shovqinini bir necha daqiqa davomida eshitsak, bunda eshitish o‘tkirligi kuchi pasayishi tiklanadi, lekin shovqin ko‘p martalab ta’sir ko‘rsatganda hujayralar zararlana boshlaydi. Doimiy, ravishda, ta’sir ko‘rsatganda esa ular endi tiklanmaydi. Gap shundaki, inson qulog‘i eshitadigan tovushlar maxsus tuklar yordamida bosh miyaga yetkaziladi. Tug‘ilganda insonlarda ular ma’lum sonda, shu bilan birga, har birida turlicha bo‘ladi. Ular qayta ishlab chiqarilmaydi. Shuning uchun naushniklardan chiqadigan baland tovush ularni nobud qiladi. Tukchalar soni kamayib borgan sari eshitish yomonlashib boradi.

— Unday bo‘lsa, sukunat foydalimi?
— Me’yorida inson reaktiv layner guvillashiga ham chidamli va sekin shitirlashni eshitishga ham qodir. Bu ishni eshitish suyaklari oldidagi alohida muskullar bajaradi — ular, barcha muskullar kabi, keksaygan sari hamda harakatsizlikdan qobiliyatini yo‘qotish xususiyatiga ega. Shuning uchun ularga kundalik mashqlar zarur. Doimiy ravishda shovqinlarni eshitish: oyoq qadamlari, mashinalar shovqini, odamlar ovozi, hatto inson o‘zini yolg‘iz deb his qilsa ham, bu eshitish uchun me’yordir. Umuman sokinlik, tinch holat baland tovush kabi zararlidir.

— Braziliyadagi hodisa takrorlamasligi uchun eshitishni qanday testdan o‘tkazish kerak. San-Pauladagi aeroport uchish-qo‘nish polosasiga aerodrom maydonini kesib o‘tishni istagan velosipedchi chiqib qoladi. U qo‘nayotgan samolyot ostida qolgandi, chunki naushniklar sababli reaktiv dvigatellar hayqirig‘ini eshitmagan.
— Inson qulog‘i eshitishi mumkin bo‘lgan eng sekin tovush — 10 dan 15 detsibelgachani tashkil qiladi. Solishtirish uchun: yerga tushib ketgan kichik to‘g‘nog‘ichning tovushi — 10 detsibel. Normal eshitish — 0 dan 25 detsibelgacha. Odatiy so‘zlashish 35 detsibelda baholanadi, ishlab turgan muzlatgich shovqini ham shu kabi, shivirlash esa — 20 detsibel. Tovush bosimi darajasi 60 detsibel bo‘lgan baqirishlar endi noqulaylik hissini keltirib chiqaradi. Ko‘tarilayotgan samolyotning undan 30 metr masofadagi shovqini — 130 detsibel. Lekin qiziqarli tomoni eshitish qobiliyati yo‘qotilganda miya juda uzoq vaqt, 10 yilgacha o‘z egasini ehtiyot qilishi mumkin, yomon eshitish o‘rnini xotira bilan to‘ldirib uni adashtirishi mumkin. Toki u tovushlarni umuman eshitmay qo‘ygunga qadar, ba’zida yonida ona tilida emas, chet tilida so‘zlashayotgandek, yana bir hollarda nimalardir bo‘layotgandek tuyuladi, ya’ni xayol surish, o‘ylab topish boshlanadi. Shifokorga odatda ilojsiz holatlardagina murojaat etadilar. Eshitish qobiliyati pasayib borayotganligini aniqlash oddiy, lekin ishonchli yo‘li — quloqlardagi jaranglash yoki jonga teguvchi shovqin. Bu, ayniqsa, «metall» ishqibozlari uchun xosdir, ular ixtiyoriy ravishda o‘zlarini zararli ishlab chiqarish ishchilariga tenglashtiradilar. Faqat ularga sut bermaydilar va nafaqaga vaqtli qo‘yib yubormaydilar.

— Naushniklar bilan mavjud holatlar ularni boshqarish uchun to‘lqinlar, qandaydir fantastik virus bilan zararlantiruvchi zombilar haqidagi filmni eslatadi. Nahotki, insonlar musiqani, axborotlarni shunchalik yaxshi ko‘rib qolgan, bir necha soat usiz yashay olmaydilar va zombilarga o‘xshab naush-niklarga yopishib qolganlar?
— Bu endi, balki psixiatriya mavzusidir, nima uchun insonlar, ayniqsa, yoshlar ko‘proq virtual dunyo sifatida internetni tanlaydilar yoki jamiyatdan naushniklar yordamida ajralib qoladilar. Lekin zombilar bilan o‘xshashliklari haqiqatda bor. Axir naushniklar taqib olgan inson bir vaqtda ikki holatda bo‘ladi: uning tanasi — haqiqiy dunyoda, eng muhim sezgi organlaridan biri eshitish esa, virtual dunyoda bo‘ladi. Mana shunday ikkiga ajralishda miya atrof sharoitni to‘g‘ri qabul qila olmaydi. Haqiqatda ham bu faqat salomatlik uchun emas, hayot uchun ham xavfli. Qulog‘iga «bananlarni» tiqib olgan yo‘lovchi avtomobillar shovqinini eshitmaydi va o‘z hayotini xavfga qo‘yadi.

Manba: www.vginekolog.ru

Naushniklar qanday tanlanadi?
Ko‘pchilik naushniklarni qanday tanlash masalasiga duch keladi. Axir yakuniy qaror qabul qilish va asosiysi, to‘g‘ri tanlash uchun tegishli bilimlarga ega bo‘lish maqsadga muvofiq. Avvaliga sizga qanday naushniklar kerakligini va qancha mablag‘ sarflashga tayyorligingizni aniqlab olish yaxshi bo‘ladi. Arzon naushniklarni tanlab, tashqi shovqinlar va quloqqa yoqmaydigan shipillashlar va hatto qars-qurslar kabi turli yoqimsiz holatlarga tayyor bo‘lishingiz kerak. Bundan tashqari, naushniklarni noto‘g‘ri tanlanganda quloqlar «qadoq» bo‘lishi yoki shunchaki tushib ketishi kabi holatlar yuzaga kelishi mumkin. Bularning barchasi hatto juda sevimli musiqani tinglashni haqiqiy azobga aylantirishi mumkin.

Naushniklarni tanlash

akt_28_06_2013_2

akt_28_06_2013_3

Naushniklarni nima uchun sotib olayotganligingiz haqida ham yaxshilab o‘ylab olish kerak. Flesh-pleyer yoki mobil telefon uchun, masalan, qurilmaning o‘zidan bir necha barobar katta naushniklarni sotib olish bema’nilik. Shuning uchun shunday maqsadlarda quloqqa tiqiladigan taqiladigan-naushniklar juda mos keladi. Ular katta emas, shuning uchun ularni osongina har doim o‘zingiz bilan olib yurishingiz mumkin. Umuman, musiqa tinglaganda kichik naushniklar qandaydir noqulayliklarni yuzaga keltirmaydi, lekin ba’zida ularni umuman esdan chiqarib qo‘yasiz. Hech qanday taqiladigan naushniklar qoplab oluvchi naushniklar kabi sifatni bera olmaydi.

akt_28_06_2013_4

Aynan mana shunday holatlar uchun, masalan, agar siz stereotizim uchun yaxshi tovushli naushniklarni sotib olishni istasangiz, unda aynan qoplama naushniklar to‘g‘ri varianti hisoblanadi. Ular ikki turda bo‘ladi: yopiq va ochiq. Yopiqlari maksimal pishiqligi va quloqlarga tekis yopishishi bilan ajralib turadi, bu deyarli barcha begona tovushlarni eshitmaslikka imkon beradi. Bu juda muhim tomoni, ayniqsa, siz uchun musiqa oddiy qiziqishdan ortiq bo‘lsa. Yopiq naushniklarda faqat naushnikdan chiqayotgan tovushlar eshitilishi sababli hech narsa sizni musiqa eshitishdan chalg‘itmaydi. Naushniklarning ikkinchisi (ochiq) turi baribir, tashqaridan ozgina shovqinni o‘tkazishi bilan ajralib turadi. Bu holat musiqa jaranglashini yopiq naushniklarga nisbatan yanada haqiqiy qiladi. Lekin shu bilan birga, naushniklardan chiqayotgan tovush atrofdagilarga halaqit qilishi yoki hatto asabga tegadigan ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Naushniklarni ulash
Naushniklar signallari uzatish prinsipi — simliligi va simsizligi bilan ham farq qiladi. Tovush sim orqali keladigan naushniklar yaxshi tomoniga tovushning yuqori sifatini kiritish, boshqasiga esa — harakatlarning erkin emasligini va uzunligi harakatlanish masofasini cheklaydigan simning mavjudligini kiritish mumkin. Simsiz naushniklar sizga erkin harakatlanish, harakatlar to‘la erkinligini beradi. Shu bilan bir vaqtda, tovush sifati simli naushniklar beradigan tovushdan ancha farq qilib sifati yomon bo‘ladi. Bundan tashqari, simsiz naushniklarning narxi simli naushniklarga qaraganda, ancha qimmat. Simsiz naushniklarda signallarni uzatish infraqizil yoki radiosignal yordamida amalga oshiriladi. Ularning farqi nimada? Naushniklarni infraqizil signal yordamida ulash radionaushniklarga qaraganda, tovush eshitilishi yaxshi sifatini beradi. Lekin naushniklar tovush uzatuvchidan 8 metrgacha masofada ishlaydi. Bundan tashqari, naushniklar va signal manbai o‘rtasida to‘siq bo‘lmasligi kerak (ya’ni qo‘shni xonada o‘tirib musiqa tinglashning iloji bo‘lmaydi). Radionaushniklar ishlashi zonasi katta (100 metrgacha), lekin signallarni qabul qilish har doim ham aniq bo‘lmaydi, uzilishlar bo‘lishi mumkin. Baribir simsiz naushniklarni sotib olishga qaror qilgan bo‘lsangiz, ularning quvvat olishiga e’tibor berish kerak — har kuni zaryad olishga to‘g‘ri kelmasligi uchun akkumulyator quvvati uzoq vaqtga yetishi kerak. To‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatgichda zaryad oladigan naushniklar ancha qulay hisoblanadi.

akt_28_06_2013_5

Naushnik razyomlari
Razyomlar haqida gapiradigan bo‘lsak, unda bu masalada muammolar yo‘q. Ulanish uchun razyomlarning ikki asosiy turlari mavjud: 6,3 mm/3,5 mm. Naushniklar va apparatlarning ko‘pchilik qismi 3,5 mm razyomlar bilan ishlaydi. Biroq razyomning birinchi turini ham yoddan chiqarmaslik kerak, shuning uchun razyomlar ikki turi bilan ham ulanadigan universal naushniklarni sotib olish tavsiya etiladi. Mana shunday naushniklar jamlanmasida 6,3 mm razyomga ulanish uchun moslama ham mavjud bo‘ladi. Aftidan, naushniklarni tanlashda ko‘pincha asosiy omil qulayligi bo‘lib qolsa kerak. Chunki quloqdan tushib ketadigan naushniklar — bu endi naushnik emas. Shuning uchun do‘konda naushnik sotib olayotganda ularni avval o‘lchab ko‘rish, yaxshi joylashishini, tushib ketmasligini, quloqlarda yaxshi o‘tirishini tekshirib ko‘rish kerak bo‘ladi.

akt_28_06_2013_6

Agar quloqlaringizni qadoq qilmaydigan va yaxshi joylashadigan naushniklarni topishda qiynalsangiz, unda qoplama naushniklarni sotib olish haqida o‘ylab ko‘rishingiz kerak bo‘ladi. Agar sizga katta, qoplama naushniklar ko‘proq yoqadigan bo‘lsa, unda bu sohada ham bir necha nozik tomonlari mavjud. Birinchidan, bu og‘irligi, hatto qo‘lda unchalik og‘ir tuyulmasa ham, bir necha soat tinglashdan so‘ng naushniklar boshingizni ancha toliqtirishi mumkin. Ikkinchidan, naushniklar bunday turi ko‘pincha soch turmaklanishini buzadi, shuning uchun ko‘proq bo‘yin orqasida joylashgan ilib olinadigan bandli-lentali modelidan foydalanish tavsiya etiladi.

Bugungi kunda ommaviylashib borayotgan o‘ziga xos dizaynli naushniklar alohida e’tiborga loyiq, ularning shakli ularni bo‘yin ortiga mahkamlashga imkon beradi. Shu bilan birga, obodokni bosh ortiga joylashtirib sochlarning yoyilib ketishi haqida tashvishlanmasa bo‘ladi. Tovush balandligi sozlagichi yoki simning uzunligi sizga katta qulayliklar tug‘dirishi mumkin. Bular naushniklardan foydalanishdagi qulayliklarga taalluqli masalalar edi. Xarid qilgan naushnigingizdan yana sifatli tovush eshitish uchun diqqat bilan ularning xarakteristikalari bilan tanishib chiqish kerak.

akt_28_06_2013_7

Chastotali tasnifi
Naushniklarlarni tanlashda bunga birinchi bo‘lib e’tibor berilishi kerak, chunki ularning tovush sifati chastotasiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun 20–20 000 Gts atrofida bo‘lgan chastota ko‘rsatkichlariga ega naushniklarni tanlash kerak. Bu sizga past yoki yuqori chastotalari kesilishisiz haqiqiy jarangdor tovushdan bahramand bo‘lishingizga imkon beradi. Ba’zi naushniklar xarakteristikalarida 20 000 Gts.dan ancha ortiq chastotalar yuqori chegarasini uchratish mumkin. Biroq bu sizni hech ham qiziqtirmasligi kerak, katta chastotali barcha tovushlarni bizning quloqlarimiz baribir eshitmaydi. Membranalar diametriga ham e’tibor berish kerak. Bunda boshga kiyiladigan naushniklar quloqqa tiqiladigan naushniklardan ancha ustunlikka ega. Chunki quloqqa tiqiladiganlarda diametri 12 mm.dan katta emas, bu esa tovush sifatini ancha yomonlashtiradi. Boshga kiyiladiganlarida esa, diametri 30–35 mm. gacha yetadi, bu baslarni yaxshilashga va tovushni yanada toza va ifodali bo‘lishiga imkon beradi.

Sezgirligi
Bu naushnik tanlashda muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Boshga kiyiladigan naushniklar yaxshi ovoz ko‘tarish vazifasini ta’minlaydi. Naushnik sotib olishda kamida 90–110 dB’ga sezgir asbobni tanlash maslahat beriladi. Bu hatto sershovqin ko‘chada ham ovoz balandligini yaxshi ta’minlaydi. Bundan tashqari, turli uskunalarga ulanganda naushniklar ovozning turlicha sadosi bo‘lishi mumkinligini unutmaslik kerak, masalan, pleyerda yaxshi ulangan bo‘lsa, stereotizimda hafsalangizni pir qilishi mumkin.

Qarshilik
Qarshilikning nima ekanligi va uning nimalarga ta’sir etishini bilish zarur. Apparatning qarshiligi naushnik qarshiligiga muvofiq kelishi shart. Agar aksi bo‘lsa, unda o‘z imkoniyatlaridan sust ishlaydi. Ko‘pchilik apparatlar 16 Om’ga mo‘ljallangan bo‘ladi, biroq bu juda kam holda, ba’zan 32 Om’lilari ham uchraydi. Oliy klass naushniklari 200 Om qarshiligiga ega bo‘ladi. Mazkur parametr qanchalik katta bo‘lsa, naushniklar shunchalik sifatli ishlaydi. Yuqori qarshilikka ega naushniklar ko‘p quvvat sarflaydilar, shu sababdan pleyerda ulardan foydalanilsa ko‘p vaqtga quvvat yetmasligi mumkin. Shuningdek, kuchli stereotizimda kam qarshilikka ega naushniklardan foydalanmaslik tavsiya etiladi — bunday «quloqlar» juda kuchli signalga bardosh berolmaydi.

Boshqa buyumlarni sotib olishdagi kabi naushnik tanlaganda tejamkorlikka intilmang. «Arzon narsalarni sotib olaveradigan darajada boy emasmiz» — degan naqlni unutmang. Arzon naushniklar uzoq vaqt xizmat qiladi deb o‘ylamang. Ularning ishlashdagi sifati haqida ijobiy baho berib bo‘lmaydi. Bu sohada taniqli ishlab chiqaruvchi firmalarning mahsulotlarini olgan ma’qul. Agar oliy klass sizni qiziqtirsa, qimmatbaho naushniklar xarid qilishni istasangiz Sennheiser, AKG yoki Sony naushniklarini oling.

Manba: http://mirsovetov.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq