«E-HUJJAT» elektron hujjat aylanish tizimini rivojlantirish yo‘llari
28.06.2013
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Sh. Sindarov.

e_28_06_2013

Hоzirgi kunda respublikamizda ishlab turgan tizimlarning o‘nga yaqin turi mavjud. Eng keng qo‘llanilayotgan tizimlar milliy korxonalar tomonidan ishlab chiqilgan «Germes», «E-Hujjat», «FIDO-DOCFLOW» tizimlari hamda chet el kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan Efrat, Lotus Domino va boshqalar.

Qo‘llanilayotgan tizimlarning asosiy kamchiligi elektron hujjatga yuridik maqom berish imkonining yo‘qligi va ko‘pgina tizimlarni foydalanuvchilarning ishlatish jarayoni murakkabligi hisoblanadi. Hozirgi kunda faqatgina «E-Hujjat» tizimida yuridik maqom berish imkoni mavjud. «Germes» tizimida esa bu ish amalga oshirilyapti.

Bundan tashqari, tizimlarning asosiy qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi 140-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalari va boshqa markaziy muassasalari apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma»si asosida ishlab chiqilmagan.

Bugungi kunda Respublika miqyosida elektron hujjat almashinuvi joriy etilib, jami 67,8 foizni tashkil etadi. Idoralar ichida qog‘ozsiz hujjat aylanishi axborot vositalarining rivojlanishi bilan birgalikda olib boriladi, chunki elektron hujjat aylanishining asosiy komponentlaridan biri axborot vositalari sanaladi. Bugungi kunda axborot vositalarini rivojlantirishga sarflanadigan xarajatlar miqdori YaIM’ga nisbatan 5 foizni tashkil etadi.

BMTTD’ning Raqamli rivojlanish dasturi tomonidan tayyorlangan «Davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. Umumiy tushunchalar. Jahon tajtribasi. O‘zbekistonda joriy etish istiqbollari» ma’lumotlariga tayansak, elektron hukumatni amalda qo‘llash bo‘yicha mamlakatlar orasida AQSH birinchi o‘rinda 68,3% miqdorda elektron hukumat joriy etilgan. O‘zbekistonda ham bu jarayon oxirgi besh yillikda 2–3 barobarga ortganini ko‘ramiz.

Respublikamizda elektron hujjat aylanish tizimi va uni joriy etishda aloqa va axborotlashtirish sohasi mutaxassislari tomonidan yaratilayotgan ixtiro hamda ratsionalizatorlik takliflarining o‘rni beqiyos. Ana shunday istiqbolli yangiliklardan biri — fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi tomonidan yaratilgan «Kriptografik kommunikatsiya, autentifikatsiya va maxfiy kalitlar generatsiyasining diaekspotensial tizimini yaratish usuli» ixtirosidir.

O‘zbekiston Respublikasining milliy kriptografik algoritmlarini yaratish, ularni takomillashtirish va axborotni kriptografik muhofazalashning milliy dasturiy va apparat-dasturiy vositalarini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasida axborotning kriptografik muhofazasini tashkil etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi» 614-sonli qarorida birinchi galdagi vazifa qilib qo‘yilganligini hisobga olsak, mazkur ixtiro bu qarorning bajarilishini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir.

Xorij tajribasini tadqiq etish va o‘rganish rivojlanishning yangi yo‘nalishlarini ochib beradi. Bugungi kunda dunyo bo‘yicha ma’lumotlar foiz hisobida 1-rasmda keltirilgan. Yuqorida tahlil etilgan Rossiya elektron hujjat aylanish tizimi dunyo bo‘yicha 6% ulushga ega bo‘lib, bu juda katta ko‘rsatkich hisoblanadi. Tizimning Respublikamizda tatbiq etilayotgan himoyalangan elektron hujjat aylanish «E-HUJJAT» tizimlarini yaratishda mazkur xorijiy tashkilotlarning tajribasiga tayangan holda olib borilishiga asoslangan.

e_28_06_2013_1

Elektron hujjat aylanish tizimining asosiy elementi bo‘lib, bir necha turga (kiruvchi, chiquvchi va ichki) bo‘linuvchi va ma’lum rekvizitlarga ega elektron hujjat hisoblanadi. Elektron hujjat hisob-varaqasini yuritish har bir foydalanuvchiga ruxsat etiladi. Elektron hujjat rahbariyat tomonidan elektron raqamli imzo qo‘yilgandan so‘ng uni o‘zgartirish imkoni bo‘lmaydi.

«E-HUJJAT» davlat va tijorat korxonalarida elektron hujjat almashish tizimini yuritish uchun mo‘ljallangan. «E-HUJJAT» mamlakatimizda ishlab chiqilgan algoritmlar asosida yaratilgan ilk dasturiy ta’minot bo‘lib, quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
• davlat va tijorat korxonalarining lokal va korporativ tarmoqlari orqali himoyalangan elektron hujjat almashuvini boshqarish;
• Respublikamizda ishlab chiqilgan «Elektron raqamli imzo» to‘g‘risidagi, «Elektron hujjat aylanishi» to‘g‘risidagi qonunlar, axborot va kommunikatsiya yo‘nalishidagi dasturlarni hayotga tatbiq etish;
• markazlashgan elektron hujjat almashish tizimini yaratish. «E-HUJJAT» quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
• elektron hujjatlarni elektron raqamli imzo, shifrlash, kalit almashish tizimlari orqali maxfiyligini va butunligini ta’minlash;
• elektron hujjatlarni markazlashgan holda saqlash, almashish va foydalanuvchilarning ishlarini yengillashtirish;
• foydalanuvchilarning shaxsiy hujjatlarini shifrlangan holda saqlash.

e_28_06_2013_2

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq