“Bilayn” abonentlari bonus ballari evaziga yuzlab telefonlarni qo‘lga kiritishdi
28.06.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) “Beeline Club” aksiyalarining oraliq yakunlarini chiqarmoqda. Mazkur aksiya doirasida 24 apreldan 24 iyulgacha abonentlar bonus ballarini “Bilayn” telefoniga almashtirishlari mumkin.

beeline_28_06_2013

• Bilayn S305 = 4 000 ball
• Nokia 1280 = 4 500 ball
• Nokia 1800 = 5 000 ball
• Bilayn G2100 = 5 500 ball
• Zo‘r-Zo‘r Honor = 10 000 ball
• Samsung Galaxy S Plus = 15 000 ball
• Samsung Galaxy S II = 20 000 ball
• Samsung Galaxy S III = 25 000 ball

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Aksiya boshlangan paytdan o‘tgan ikki oy ichida yuzlab abonentlar “Beeline Club” bonus ballariini turli telefonlarga almashtirishdi. Aminmanki, 24 iyulgacha ularning soni sezilarli tarzda ko‘payadi, negaki ko‘pgina mijozlarimiz ballarni eng qimmat modellar uchun to‘playdi. Mazkur aksiyaning afzalligi shundaki, unda ishtirok etish uchun hech qanday ortiqcha kuch sarflash kerak emas: agar abonent “Beeline Club”ga a’zo bo‘lsa, ballar “Bilayn” xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun qo‘shilaveradi”.

Eslatamiz, telefonni qo‘lga kiritish uchun, to‘plangan ballarning kerakli miqdoriga ega bo‘lgan raqam sohibi pasport va STIR bilan kompaniya ochiq ofisiga murojaat etishi lozim. Telefonlar miqdori cheklangan.

“Beeline Club” bonus dasturining ishtirokchisiga aylanish uchun, shaxsiy telefondan *777# bepul kodini terish lozim. Dastlabki 20 ball ulanishda sovg‘a sifatida taqdim etiladi. Tafsilotlar www.beelineclub.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq