“Red Jolbors Fest 2013” “Bilayn” bilan

beeline_27_06_2013

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) 2013 yilning oktabr oyida marketing bo‘yicha “Red Jolbors Fest 2013” Markaziy Osiyo festivalini o‘tkazishi haqida xabar beradi. Mazkur festivalning bosh hamkori sifatida “Bilayn-Qirg‘iziston” chiqdi.

“Red Jolbors Fest 2013” Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning reklama, marketing va PR sohasi mutaxassislarini ikki kunga bir joyda jamlaydi. Festival kuzda o‘tkaziladi, lekin hozirdan mutaxassislar va taklif etilgan spikerlar “Red Talks” — mavzuga doir kechalar doirasida turli hil masalalarni muhokama etishi mumkin.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Aminmanki, mazkur festival “Bilayn” shafeligida butun Markaziy Osiyodan sohaning eng yaxshi mutaxassislarini, shu jumladan O‘zbekistondan ekspertlarni jamlaydi. “Red Jolbors Fest” — mintaqamizning marketing, PR va reklama sohasidagi professionallar muloqoti uchun juda yaxshi maydoncha”.

“Red Jolbors Fest 2013” festivali doirasida “Red Jolbors Awards” an’anaviy tanlovi o‘tkaziladi. Uning doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining reklama, kommunikatsion va kreativ agentliklari, shuningdek biznes-kompaniyalari quyidagi turli nominatsiyalar bo‘yicha “eng yaxshi” degan nom uchun kurashadi: reklama videoroligi, tashqi reklama, flash-banner, bosma reklama, PR-kampaniya va dizayn.

Tafsilotlar http://redjolborsfest.kg festival saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system