“Bilayn” Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaydi
27.06.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

beeline_27_06_2013_1

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) O‘zbekiston mass-media xodimlari va jurnalistlarini Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaydi.

“Bu kuni men OAVning mamlakatimiz telekom sohasining shakllanishi va rivojlanishidagi ulkan hissasini alohida qayd etmoqchiman, — deydi “Unitel” MChJ bosh direktori Andrey Safronyuk. — Xususan, o‘tgan yilgi mushkul vaziyat davrida ular tomonidan ko‘rsatilgan yordamning o‘rni beqiyosdir: barcha bozor ishtirokchilari harakatlarining aynan tezkor yoritilishi joriy o‘zgarishlar haqida abonentlarni o‘z vaqtida xabardor qilish imkonini berdi. Mass-media xodimlariga chin dilimdan kelgusida ijodiy zafarlar tilayman!”

“Bilayn” O‘zbekistondagi 7 yillik ish faoliyati davomida nafaqat an’anaviy jurnalistika, balki yangi mediani rivojlantirishga qaratilgan bir qator keng ko‘lamli loyixalarni amalga oshirdi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Biz kompaniyaning OAV bilan hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan urinishlari taxririyatlarda o‘z ijobiy aksini topayotganidan xursandmiz. So‘nggi bir yil ichida “Bilayn” Rossiyaning eng taniqli bloggerlaridan biri Sergey Doli va “Telecom Daily” nashri muxbiri Tatyana Zolotovalarning master-klasslarini jurnalistlar, blogosfera arboblari uchun tashkil etdi. Bundan tashqari, turli mintaqalardan yuzlab jurnalistlik ishlarni yiqqan «Aloqada bo‘l!» ijodiy tanlovi ham o‘tkazildi. Aminmanki, OAV va jamiyat ravnaqi uchun foydali bo‘ladigan yana ko‘plab qiziqarli loyixalar hali oldinda”.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq